Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020 10.01.2018 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirish hamda ularni Toshkent viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 23-banddagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” so‘zlari “Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 48-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qarorlar tegishli ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari tomonidan qabul qilinadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)