O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
“Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2050-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son “Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-dekabr,
259-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Buyruq muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 1997-y., 5-son, 18-modda)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Yo‘riqnomada:
a) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-sonli “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 1997-y., 5-son, 18-modda)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
mulkdor-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, shuningdek mulkdor-yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o‘zgarganda;
avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirishni talab qilmagan holda avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda;
yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomototransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarning saqlab turiladigan joyi o‘zgarganda;
avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqamli agregati o‘zgarganda;
avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yo‘qolganda.”;
v) 9-banddagi “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (bundan keyingi o‘rinlarda IIV YHXBB deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 11-bandda:
“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasi huzuridagi “O‘zavtomotobelgi” shu’ba korxonasida (bundan keyingi o‘rinlarda shu’ba korxona deb yuritiladi)” degan so‘zlar “IIV YHXBB qoshidagi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasida (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat unitar korxona deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“shu’ba korxonasiga” degan so‘zlar “Davlat unitar korxonaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 12-banddagi “Shu’ba korxona” degan so‘zlar “Davlat unitar korxona” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Avtomototransport vositalarining har bir qayta tiklangan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari haqidagi ma’lumot IIV YHXBB va Axborot markazi elektron hisob bazasiga kiritiladi.”;
j) quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“171. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini qisqa muddatda qayta tiklash zaruriyati paydo bo‘lganda jismoniy va yuridik shaxslar IIV YHXBBga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
tegishli to‘lovni tasdiqlovchi hujjat;
transport vositasining ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi qayd etish guvohnomasining nusxasi.
172. IIV YHXBB tomonidan uch ish kuni ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlar o‘rganilib, transport vositasi ko‘rikdan o‘tkaziladi. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga hamda Davlat unitar korxonasiga tegishli topshiriq yuboriladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shu kunning o‘zida yaroqsiz yoki shikastlangan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini qabul qiladi hamda qayta tiklash davrida ilgari foydalanishda bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini vaqtincha foydalanishga beradi.
Qayta tiklangan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari besh ish kuni ichida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan beriladi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)