05.01.2018 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish, aholini sogʻlomlashtirish, ularni sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish, suv sporti turlari boʻyicha sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash, basseynlardan samarali foydalanishda davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish, suv sporti turlari boʻyicha bolalar trenerlarini tayyorlash va seleksiya ishlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanish uchun olinadigan toʻlov miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yilning 1-fevralidan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi 2018-yil 1-fevralga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tizimidagi basseynlarda (keyingi oʻrinlarda basseynlar deb ataladi) shugʻullanish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda yoshlar kesimida suv sporti turlari bilan shugʻullanish boʻyicha oʻquv rejalar, dasturlar va meʼyorlarni ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli bolalarni suv sporti turlariga oʻrgatadigan trenerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basseynlarga kirish va oʻtish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar oʻrnatilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basseynlarning manzili, ish vaqti, koʻrsatiladigan xizmat turlari va narxlari aniq koʻrsatilgan holda Internet jahon axborot tarmogʻida doimiy ravishda keng yoritilishini yoʻlga qoʻysin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, basseynlarga kirish va oʻtish joylarida videokuzatuv moslamalari va turniketlarni oʻrnatish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda basseynlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida joylashgan davlat taʼlim muassasalarining basseynlarini xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov yakunlari boʻyicha davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan Toshkent shahrida joylashgan davlat taʼlim muassasalarining basseynlari roʻyxatini tuzsin hamda mazkur roʻyxatni hamda davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlarni kelib tushgan takliflarga koʻra, ijaraga berish tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi kelgusida quriladigan basseynlardagi ventilyatsiya tizimlarining tabiiy va sunʼiy yoʻllaridan foydalanishni tashkil etish hisobiga energiya jihatidan tejamkorlik tizimini tatbiq qilgan holda loyiha-smeta hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrining har bir tumanida 2018 — 2025-yillarda 10 tadan energiyatejamkor basseynlar qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.D. Qurbonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvar 8-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda sogʻlomlashtirish guruhlarida shugʻullanish uchun olinadigan toʻlov miqdorlari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yoshlar kesimida

Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foiz hisobida

(bir oyga)

4 — 7 yosh

30

8 — 12 yosh

40

13 — 17 yosh

50

18 va undan katta yoshdagilar

70

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/8/0531-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)