O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi qatnashchilari bo‘lgan korxonalar sonini kengaytirish, shuningdek raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi loyihalarni kiritish tartib-qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari ishtirokida Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi ro‘yxatlari va parametrlariga tuzatishlar kiritish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tushgan takliflarni, zaruriyatga ko‘ra, biroq yilning har choragida kamida bir marta ko‘rib chiqsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-avgust,
391-son
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi (keyingi o‘rinlarda matnda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) ro‘yxatlari va parametrlariga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
2. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish:
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlarini o‘zgartirish;
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni chiqarib tashlash yoki shunday maqsaddagi muqobil loyihalar bilan almashtirish;
respublika korxonalarida ishlab chiqarish-texnika va iste’mol maqsadlaridagi materiallar va buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi loyihalarni kiritish bo‘yicha asoslangan takliflar asosida amalga oshirilishi mumkin;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga (keyingi o‘rinlarda matnda Departament deb yuritiladi) kiritadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
4. Departament loyihaning maqsadlaridan, uni moliyalashtirish manbalaridan va taklif etilayotgan tuzatishning mohiyatidan kelib chiqib tushgan materiallarni quyidagi tegishli vakolatli ekspertiza organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
loyihani amalga oshirish imkoniyatlari;
ishlab chiqariladigan mahsulotning talab etilishi;
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyatlari;
loyihaning ayrim parametrlarini chiqarib tashlash yoki o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilgan hollarda) — iqtisodiy samaradorlikni kelishish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga:
(“v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi;
mahalliylashtirilayotgan mahsulotni sotish, shu jumladan uni eksport qilish istiqbollari;
texnologiya darajasi va eksport qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar hamda xizmatlar narxlarining cheklangan parametrlari;
loyihaning ayrim parametrlarini chiqarib tashlash yoki o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirishning samaradorligi va imkoniyatlarini baholash uchun;
g) vakolatli bankka (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilgan yoki tijorat banklarining kreditlari jalb etilgan hollarda) — loyihaning iqtisodiy asoslanganligini, moliyalashtirishning taklif etilayotgan sxemasi maqbulligini, tavakkalchiliklarni baholash va kreditning qaytarilishini aniqlash uchun.
5. Takliflarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vakolatli organlar tomonidan baholanishi ariza beruvchi (loyiha tashabbuskori) tomonidan quyidagi hujjatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif etilayotgan loyihalar uchun — Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha tuzilgan loyihaning pasporti;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
b) Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatish kiritish uchun — ayrim parametrlarga tuzatish kiritish zarurligini asoslaydigan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikda;
v) Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash taklif etilayotgan loyihalar uchun — loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarish zarurligi asoslangan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari va, mavjud bo‘lgan taqdirda, uni muqobil loyiha bilan almashtirish imkoniyati to‘g‘risidagi takliflar bilan birgalikda rasman kiritilgandan keyin ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
6. Ko‘rsatib o‘tilgan muddat mobaynida vakolatli ekspertiza organlari loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq loyihalarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, ularni puxta ishlashda ariza beruvchiga ko‘maklashadilar.
7. Loyiha tashabbuskorlaridan loyiha pasportida nazarda tutilmagan qo‘shimcha axborot taqdim etilishini talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Departament tushgan takliflarni vakolatli organlarning ijobiy xulosalari bilan birgalikda umumlashtiradi va ularni ko‘rib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Bir yoki undan ortiq vakolatli ekspertiza organlarining xulosasi salbiy bo‘lgan taqdirda, Departament ko‘rib chiqish uchun Maxsus komissiyaga tegishli xulosa kiritadi.
9. Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari ishtirokida o‘zining, zaruriyatga ko‘ra, biroq yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladigan majlislarida tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi hamda Mahalliylashtirish dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida majlis qarori qabul qiladi.
10. Maxsus komissiyaning majlis qarori asosida Departament tomonidan Mahalliylashtirish dasturi ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining Mahalliylashtirish dasturi ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan Maxsus komissiya protokoli asosida amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 524-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlangan taqdirda, loyihani amalga oshiruvchi korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan paytdan boshlab tegishli soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum etiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 368-modda; 52-son, 524-modda; 2005-y., 32-33-son, 248-modda; 34-36-son, 264-modda; 2007-y., 19-20-son, 193-modda)