29.12.2017 yildagi PF-5292-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari hamda sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari hamda sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini yanda qoʻllab-quvvatlash va faoliyatini ragʻbatlantirish, respublikaning akademik ilm-fani nufuzini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari (keyingi oʻrinlarda akademiklar deb ataladi) uchun eng kam oylik ish haqining oʻn ikki barobari miqdorida, sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining muxbir aʼzolari (keyingi oʻrinlarda muxbir aʼzolar deb ataladi) uchun esa — eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdorida oylik gonorar toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademiklarga va muxbir aʼzolarga toʻlanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan boshlab ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmonining 1-bandida ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5292-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 06/18/5292/0490-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)