Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2016 14.08.2000 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2016
Hujjat 14.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, shaharlar, tuman markazlari, shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va qurilishi sifat darajasi oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi mazkur nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Nizom shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning (keyingi oʻrinlarda aholi yashaydigan joylar deb yuritiladi) bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurishning yagona tartibini belgilab beradi hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shahar qurilishi faoliyatining barcha subyektlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Aholi yashash joyining bosh rejasi uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, respublikani va uning mintaqalarini rivojlantirish prognozlari, tumanni rejalashtirish sxemalari yoki loyihalari asosida ishlab chiqiladi, aholi yashash joylarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini va chegaralarini, ular hududining funksional vazifasini va qurilishni zonalashtirishni, muhandislik, transport ijtimoiy infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, hududlarni oʻzlashtirishning navbatma-navbatligini, tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlashga, ekologik va sanitariya holatiga qoʻyiladigan talablarni belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi yashash joyining bosh rejasi aholi yashash joylari arxitektura-rejalashtirish tuzilmasining tutashib ketgan qishloq hududlari bilan birgalikda uygʻun rivojlantirilishini, aholi yashash joylaridan oqilona foydalanishni, tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni, aholi yashaydigan zamonaviy markazlarni, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirishni, eskidan shakllangan shahar tumanlarini rekonstruksiya qilishni, sanoat obyektlari, transport magistrallari, muhandislik-texnik tizimlarini joylashtirish sxemasini yashash muhitining qulayligini oshirgan holda maqbullashtirishni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Shaharlarning bosh rejalari 15—20 yil muddatga va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalari — 10—15 yilga ishlab chiqiladi. Bosh reja batafsil rejalashtirish loyihalarini, imorat qurish loyihalarini va rivojlantirishning tarmoq sxemasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Batafsil rejalashtirish loyihasi imoratlar qurishning hajm-makon va arxitektura-badiiy yechimini, binolarning necha qavat boʻlishi va turlarini, tarix va madaniyat yodgorliklarining qoʻriqlash zonalaridan foydalanish rejimini, imorat qurish va yerdan foydalanishni tartibga solishning qizil chiziqlari, chegaralarini, hududlarni funksional va qurish bilan bogʻliq zonalashtirishni, yerdan foydalanuvchilar hududlarining chegaralarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tarkibi va ularni joylashtirishni, magistral muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini, koʻchalarning koʻndalang koʻrinishini belgilab beradi, shuningdek, hududlarni muhandislik yuzasidan tayyorlash tadbirlarini, atrof muhitini muhofaza qilishni va transport xizmati koʻrsatishni tashkil etishni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Batafsil rejalashtirish loyihalari 10—15 yilga 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalariga” muvofiq aholi yashash joylarining ayrim qismlariga va ularning funksional zonalariga, shuningdek, ayrim hollarda aholi yashash joylarining butun hududiga ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.7. Qurish loyihasi batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida odamlar yashaydigan yangi yoki rekonstruksiya qilinadigan mikrotumanlar va kvartallarning hududiga, turar joy binolari va jamoat binolari, ishlab chiqarish obyektlari, ilmiy-tadqiqot, oʻquv, tibbiyot, rekreatsion, sport va boshqa shaharsozlik, arxitektura, landshaftli majmualar, ansambllar guruhlari uchastkasiga hamda aholi yashash joylari boshqa rejalashtirish elementlariga ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasisiz qurilish loyihasini bajarishga 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalari”da belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINING BUYuRTMAChILARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Quyidagilar bosh reja, batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari deb yuritiladi)ning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari — shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar hokimliklari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar — tuman markazlari, shahar tipidagi posyolkalar bosh rejalarini va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — qurilish loyihalari ishlab chiqilishiga buyurtmachilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga aholi yashash joylarining bosh rejalarini loyihalashtirishga va batafsil rejalashtirish loyihalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan, qurilish loyihalarini ishlab chiqishga esa shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlangan topshiriq beradi. Loyihalashtirishga topshiriq majburiy tartibda arxitektura va qurilish hududiy organlari bilan kelishilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga belgilangan masshtabdagi ishonchli topografiya asosini loyihalashtiriladigan hududning muhandislik-geologiya qidiruvlari natijalarini, mikroseysmorayonlashtirish xaritasini hamda 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq boshqa birlamchi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Buyurtmachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirishning borishi ustidan nazorat qilishga va shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish davrida yer ajratish, obyektlarni joylashtirish, shahar posyolkasi hududidagi joriy qurilish bilan bogʻlik barcha masalalarini ishlab chiquvchi bilan kelishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejalar va joriy qurish amalga oshirilishi monitoringini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “Oʻzshaharsozlik” loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahar bosh loyihasini ilmiy-tadqiqot qilish va loyihalashtirish instituti aholi yashash joylarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar batafsil rejalashtirish loyihalari va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Batafsil rejalashtirish loyihalarini va aholi yashash joylari alohida funksional zonalari loyihalarini hamda qurilish loyihalarini bajarishga tanlov asosida yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlari shartnomada belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini, hujjatlarning amaldagi normativ hujjatlar talabiga javob beruvchi va tarixiy rivojlanishning uzviyligini, aholi yashash joylarining mintaqaviy shart-sharoitlarini hisobga oluvchi sifatini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirishning dastlabki va uzil-kesil bosqichlarida belgilangan tartibda kelishishga va himoya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda joriy qurilish ustidan mualliflik nazoratini va shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi monitoringini olib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat ekspertizasi organlari, kelishuvchi tashkilotlarning mulohazalari boʻyicha ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, qoidaga koʻra, alohida boʻlimlarni ishlab chiqishga bosh loyihalashtirish institutlarini jalb etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar arxitektura va shaharsozlik hududiy organlariga, alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi loyihalash tashkilotlariga maslahat yordami va uslubiy yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar loyihalarni bosh shaharsozlik loyihalash instituti bilan kelishishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILARNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish mahalliy budjetlar, korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar (jismoniy shaxslar guruhi)ning, maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet hisobiga qurilishlarning har yilgi aniq roʻyxatini tuzishda aholi yashash joylari shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishi mablagʻ bilan taʼminlanishini, topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi yashash joylarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks sxemalari tuzilishini, loyihalash tashkilotlari tomonidan joriy qurilish ustidan mualliflik nazorati va aholi yashash joylari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishilishini va ekspertizadan oʻtkazilishini nazarda tutishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh UChUN ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI KELIShISh VA TASDIQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Shaharsozlik hujjatlarini kelishish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, arxitektura va qurilish sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Aholi yashash joylarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurilish loyihalari, qurilish loyihalari buyurtmachilar koʻmagida belgilangan tartibda 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalari”ga muvofiq ularni ishlab chiquvchi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarix, arxeologiya, shaharsozlik, arxitektura va monumental sanʼat yodgorliklariga ega boʻlgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Aholi yashash joylarining shaharsozlik hujjatlari majburiy tartibda Davlat ekspertizasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Shaharlarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari tasdiqlangunga qadar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni bilan belgilangan Toshkent, Nukus shaharlarining, viloyatlar va yirik sanoat markazlarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Toshkent, Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda tarix, arxeologiya, shaharsozlik va arxitektura yodgorliklariga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.7. Qolgan aholi yashash joylarini batafsil rejalashtirish loyihalari shaharlar (tumanlar) hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.8. Qurilish loyihalari buyurtmachilarning taqdimnomasiga koʻra hamda arxitektura va qurilish loyihalari hududiy organlari bilan kelishilgan holda shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI AMALGA OShIRISh VA AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Aholi yashash joylari qurilish bosh reja talablariga qatʼiy muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Qurilish olib boruvchilar oʻzlariga ajratilgan hududda qurilishni amalga oshirishda birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiq qurilish sifati va hajmini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga faqat ularni tasdiqlangan organlarning qaroriga koʻra belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Tegishli birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarisiz aholi yashash joylari hududida obyektlarni loyihalashtirish va qurish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Tegishli shaharsozlik hujjatlariga ega boʻlmagan hududlarda noyob ijtimoiy ahamiyatli obyektlarni loyihalashtirish va qurishga istisno hollarda, bosh shaharsozlik loyihalash instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishish sharti bilan ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.6. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “Oʻzshaharsozlik” ilmiy-tadqiqot qilish va loyihalashtirish instituti va Toshkent shahar bosh loyihasini ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti oʻz vakolatlari doirasida aholi yashash joylari hududida shaharsozlik faoliyati va qurilishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.7. Tasdiqlangan bosh rejalar va batafsil loyihalashtirish loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, bosh loyihalashtirish institutlari — “Oʻzshaharsozlik” ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti hamda Toshkent shahar bosh loyihasini ilmiy tadqiqot qilish va loyihalashtirish instituti amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.