Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontraktlarni (shartnomalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1006-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1006-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida” va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajargan bo‘lsa, bunday eksport kontraktlari vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari vositasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirishga haqlidir, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlar bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakolatli organda eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy maqsadi eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini monitoring qilish, maxsus turdagi tovarlarni va tashqi savdo hisobotini hisobga olishni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli organda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish bo‘yicha quyidagi eksport kontraktlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan, tovar-xomashyo birjalarida tuzilgan va tovar-xomashyo birjalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan eksport kontraktlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (litsenziyalanadigan maxsus turdagi tovarlarni eksport qilishdan tashqari) yetkazib berish uchun eksport kontraktlari vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli organda mazkur Nizomning 5-bandiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va eksport kontraktlarining asosiy shartlarini o‘zgartiradigan eksport kontraktlariga qo‘shimcha barcha kelishuvlar vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti — ariza beruvchi va xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi o‘rtasida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qiluvchi va vakolatli organga eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar eksporti — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishni nazarda tutuvchi eksport bojxona rejimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar (xizmatlar) eksporti — ariza beruvchi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga, bajarilishidan (ko‘rsatilishidan) qat’i nazar, bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv — eksport kontrakti tomonlari o‘rtasida tuziladigan, avval tuzilgan va ushbu Nizomning 5-bandi talablariga asosan vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktlarining asosiy shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktlari shartlarining ushbu Nizom 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan eksport kontrakti shartlarining umumqabul qilingan xalqaro savdo me’yorlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt narxlarining xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asoslangan narxlar darajasiga, eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berilgan vaqtdagi parametr va sifatga muvofiq bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asosan narx darajasi deganda ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki muqobil yetkazib beruvchilar yoxud ishlab chiqaruvchining dilyerlari va/yoki distribyutorlarining tijorat takliflari yoxud prays-varaqlari asosida shakllantiriladigan narxlar darajasi yoki ochiq axborot manbalari, shu jumladan axborot nashrlari, Internet axborot tarmoqlarida ko‘rsatilgan hamda faks, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali olingan (ariza beruvchi tomonidan raqobat varag‘iga tasdiqlovchi hujjatlar sifatida taqdim etilgan yoki vakolatli organ tomonidan kontraktni ko‘rib chiqish davrida olingan) narxlar darajasi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Eksport kontraktini va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktining xaridor va sotuvchi tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktini tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandiga asosan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning asl nusxasi va uning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va to‘lov shartlari o‘zgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha narx asoslab berilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni vakolatli organga topshirish muddati kontrakt va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ kontraktni va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boshqa davlatlar organlari va tashkilotlardagi mavjud zarur hujjatlar va axborotni o‘zaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron shaklda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kontrakt va unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bevosita taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Eksport kontraktiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Eksport kontrakti ushbu Nizomning 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan quyidagi asosiy bo‘lim va ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kirish qismi (preambula) — eksport kontraktining kirish qismi kontrakt raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, tomonlarning to‘liq nomi, eksport kontraktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini o‘z ichiga olishi va unda ushbu shaxslar faoliyat yuritishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlar (ustav, nizom, kontraktni imzolash uchun ishonchnoma) ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kontrakt predmeti — mazkur bo‘limda tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi, texnik xususiyatlari, soni va sifati, shuningdek, bitim turi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar (ishlar, xizmatlar) miqdori o‘lchovlari metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifoda etiladi. Son, me’yor va vaznni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibga muvofiq o‘lchov birliklarida aniqlash mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning (ishlar, xizmatlarning) sifat xususiyatlari tovarning undan foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlarini belgilaydi. Tovarning TIF TN bo‘yicha kodiga havola ko‘rsatilishi lozim. Agar xalqaro tasnif bo‘yicha tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi ma’lum bo‘lmasa, bunda tovarning texnik o‘ziga xos xususiyatlarini (ishlar, xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari) ko‘rsatish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish bo‘yicha kontraktda ularning yangi ekanligi, chiqarilgan yili va ulardan amalda foydalanish mumkinligi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Etkazib berishning asosiy shartlari. Xalqaro “Inkoterms” qoidalari bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inkoterms” qo‘llanilganda (qisqartma so‘z bilan birgalikda) yetkazib berish joyini (temir yo‘l stansiyasi, bandargoh, aeroport va boshqalarning nomi) ko‘rsatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati. Kontraktda yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati yoki sanasi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati va jadvali tovar yoki uning (ishlar, xizmatlar) bir qismi totuvchi tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetkazib berilishi (bajarilishi, ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan vaqtni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) sanasi kontraktning asosiy shartlariga muvofiq sotuvchining o‘z majburiyatlarini bajarish sanasi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kontraktning narxi va umumiy qiymati. Tovar (ishlar, xizmatlar) narxini belgilashda kontraktda tovarning (ishlar, xizmatlarning) o‘lchov birligi, asosiy narxi, qayd etish uslubi, TIF TN kodiga binoan tovar birligining narxi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy narxlar “Inkoterms”ga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish uslubiga ko‘ra, narx qat’iy (o‘zgarmas, bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmagan), o‘zgaruvchan (tomonlarning kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin), moslashuvchan (bozor konyunkturasiga va inflatsiya darajasiga bog‘liq) bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar (ishlar, xizmatlar) birligining narxi chet el valyutasida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontraktning umumiy qiymati kontrakt bo‘yicha sotiladigan (bajariladigan, ko‘rsatiladigan) tovarning (ishlar, xizmatlarning) chet el valyutasida ko‘rsatiladigan to‘liq qiymatini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. To‘lov shartlari. Ushbu bo‘limda to‘lov shartlari ko‘rsatiladi, shu jumladan to‘lov valyutasi, shakli va muddati belgilanadi. Agar to‘lov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, valyutaning qayta hisob-kitob kursi va mazkur kursni belgilash manbasi (kontraktni imzolash sanasida, tovarni yetkazib berish sanasida, to‘lov sanasida) ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo kontraktlarida to‘lov valyutasi chet el valyutasida ko‘rsatiladi (qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tovarni qadoqlash va tamg‘alash. Qadoqlash yukni tashish vaqtida uning jismonan saqlanishini ta’minlashi shart. Agar tovarning turi bo‘yicha qadoqlash va taralash zarur bo‘lsa, kontraktda qadoqlash va tara turi, ularning o‘lchami va sifati ko‘rsatiladi. Agar qadoqlash vositalari va taralar sotuvchiga qaytarilsa va ularning narxi tovarning umumiy qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa, qadoqlash vositalari va taralar kimning hisobidan va qanday muddatlarda qaytarilishi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar markirovkasi odatda, kontrakt raqami, jo‘natuvchi (sotuvchi, yetkazib beruvchi), oluvchini (xaridor, buyurtmachi), tovarning brutto va netto og‘irligi, hajmlari, o‘rinlar soni, ishlab chiqarilgan mamlakati, yuqori va past o‘rinlar, namdan himoyalangani va boshqa axborotni o‘z ichiga oladi. Markirovkaning aniq mazmuni kontraktda kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tovarni yuklab jo‘natish tartibi. Mazkur bo‘limda sotuvchining tovar jo‘natishga tayyorligi va jo‘natilgan yuklar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi, bu haqda xaridorni xabardor qilish muddati va usuli ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish tartibi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish deganda kontrakt shartlariga muvofiq tovarning sotuvchi tomonidan xaridorga mulk sifatida topshirilishi tushuniladi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish miqdor, vazn va sifat bo‘yicha amalga oshiriladi. Eksport kontraktida ushbu majburiyatni amalga oshirish tartibi ko‘rsatiladi (uchinchi shaxslar jalb etilgan yoki jalb etilmagan holda, joy ko‘rsatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Reklamatsiya. Etkazib berilgan tovarning sifati va (yoki) miqdori, vazni, shuningdek ishlar, xizmatlar sifatining eksport kontrakti shartlariga nomuvofiqligi munosabati bilan xaridor tomonidan sotuvchiga bildiriladigan e’tirozlar. Eksport kontraktida reklamatsiyani bildirish tartibi ko‘rsatiladi: uni bildirish, sotuvchi tomonidan uning ko‘rib chiqilishi va unga javob yo‘llash muddatlari, shuningdek, uni bartaraf etish muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kafolatlar. Muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlarni (ish, xizmatlarni) yetkazib berish kontraktlarida sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan hajmlar, kafolat muddatlari belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga muayyan kafolat muddatida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati uchun javobgarlik yuklanadi va sotuvchining o‘z kafolat majburiyatlarini bajarish tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontrakti shartlariga muvofiq sotuvchi kafolat majburiyatining amal qilishi boshlanadigan vaqt aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tovarning (ishlar, xizmatlarning) kelib chiqishi. Eksport kontraktida tovarni yetkazib beruvchi mamlakat va uning ishlab chiqaruvchisi, xizmatlar, ishlar bajaruvchisi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sanksiyalar. Tomonlarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarishini ta’minlovchi shartlar sifatida, eksport kontraktida odatda tomonning kontrakt majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun penya va (yoki) jarima shaklidagi moliyaviy sanksiyalar ko‘zda tutiladi. Aybdor tomon zimmasiga jabrlangan tomon talabiga ko‘ra unga jarima to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontrakti shartlarida moliyaviy sanksiyalarni to‘lash aybdor tomon kontrakt majburiyatlarini tegishli darajada bajarishdan ozod etilmasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fors-major shartlari. Mazkur bo‘limda majburiyatlarni bajarishga to‘sqinlik qiladigan va tomonlar xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan yengib bo‘lmas kuch holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan tomonlarni kontrakt majburiyatlarini bajarishdan ozod etish imkoniyati nazarda tutiladi. Kontraktda shunday holatlarga duch kelgan tomonning boshqa tomonni ular yuzaga kelgani to‘g‘risida ma’lum muddatda xabardor qilish majburiyati ko‘rsatiladi. Mazkur holatlar yuzaga kelgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli hujjatlar fors-major holatlari yuzaga kelganining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Mazkur shart eksport kontraktida ham ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, eksport kontraktida belgilangan fors-major holatlarining amal qilish muddati tugagandan so‘ng tomonlar harakatlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Arbitraj. Eksport kontraktida tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va muzokaralar o‘tkazish orqali bartaraf etib bo‘lmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda mazkur kontrakt bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish joyi va ko‘rib chiqadigan organ aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Eksport kontraktini kuchga kiritish sharti va uning amal qilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Taraflarning rekvizitlari. Eksport kontrakti matni tomonlar rekvizitlarini ko‘rsatish bilan yakunlanadi. Unda yuk jo‘natuvchining joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari va yuklab jo‘natish rekvizitlari ko‘rsatiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Eksport kontraktining tili. Davlat tili yoki rus tilida tuzilgan eksport kontrakti ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Boshqa hollarda davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinadi. Tarjimaning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odatda, eksport kontrakti ikki tilda tuziladi, kontrakt uning sahifasini chap va o‘ng tomonida paralel ravishda tarjima qilgan holda rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Eksport kontraktini tasdiqlash. Eksport kontrakti va unga qo‘shimcha kelishuvning har bir sahifasi eksport kontrakti tomonlarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanishi (tasdiqlanishi) lozim. Eksport kontraktining har bir sahifasi, uning matniga kiritiladigan har qanday tuzatish, o‘zgartirishlar ikki tomonlama tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu bob talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik eksport kontrakti shartlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi bo‘yicha huquqiy xulosa bergan shaxs zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilib olingandan so‘ng besh ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Eksport kontraktlarini va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Guvohnoma maxsus blankada beriladi va vakolatli organ rahbari tomonidan imzolanadi hamda unga identifikatsiya raqami beriladi va berilgan guvohnomalar reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Eksport kontrakti asl nusxasining har bir varag‘i vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma berilgan eksport kontrakti ariza beruvchi tomonidan shaxsni va uning vakolatni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etilgandan so‘ng uning vakiliga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati eksport kontraktining amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Quyidagilar eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni to‘liq hajmda topshirmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan muvofiqsizlik sabablari tufayli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Rad etish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda, vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxsi imzolagan, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rad etish sabablari va qonunchilikning aniq qoidalari ko‘rsatilgan asosli xulosa rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan asosli xulosa ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda, bir ish kuni davomida yozma ravishda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vakolatli organning eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi ariza beruvchiga kontrakt shartlarini bajarish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomda ko‘rsatilmagan boshqa shakldagi xulosalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etganidan so‘ng vakolatli organga, ushbu Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarni va rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni vakolatli organ tomonidan rad etish xulosasi berilgan kundan boshlab, o‘n besh ish kuni ichida takroran ko‘rib chiqish uchun topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, vakolatli organ rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Arizani qayta ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ko‘rsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq sabablar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan hujjatlar qayta taqdim etilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ariza beruvchilar eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgani, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma ariza beruvchiga vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi uning shaxsini va vakolatini tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etgandan so‘ng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini va ushbu guvohnoma bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Amal qilish muddati yakunlanmagan eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ariza va guvohnomaning asl nusxasini olgandan so‘ng eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish vakolatli organ tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turishi, to‘xtatish va bekor qilishga sabab bo‘lgan ma’lumotlar tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng besh kun ichida vakolatli organ tomonidan tegishli choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qo‘mitasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Vakolatli organ eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan vaqti va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti va (yoki) qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma berilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar — eksport kontrakti raqami va sanasi, tovar nomi, eksport kontraktining qiymati, sotib oluvchining nomi va mamlakati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish asosi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini berish uchun asos va sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ARIZA
“________” (O‘zbekiston) va “________” kompaniyasi (mamlakat)o‘rtasida______________________________________.
eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raymiz. Kontraktning umumiy summasi ____________ ni tashkil qiladi. Ushbu kontrakt bo‘yicha mahsulotni eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______ dagi _______-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan bo‘lsa). Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________
(agar kontrakt Hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan bo‘lsa)
Taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati: 1. Eksport kontraktining sotuvchi va xaridor tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi; 2. eksport kontraktining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; 3. Agar shartnoma tomonlar o‘rtasida ishonchnoma asosida tuzilgan bo‘lsa, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi; 4. Kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat; 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Tashkilot rahbari
____________(imzo)��
______________________F.I.O.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ARIZA
“________” (O‘zbekiston) va “________” kompaniyasi (mamlakat) o‘rtasida______________________________________.
eksport qilish bo‘yicha avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan kontraktga ___________________ dagi ____ -son qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raymiz. Qo‘shimcha kelishuvga asosan kontraktning umumiy summasi ________ni tashkil qiladi. Ushbu kontrakt bo‘yicha mahsulotni eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______dagi ________-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan bo‘lsa). Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________
(agar kontrakt Hu�umatlararo bitimlar asosida tuzilgan bo‘lsa)
Taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati: 1. Eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvning asl nusxasi va uning nusxasi; 2. Eksport kontraktini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi; 3. Eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; 4. Eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 5. Tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va to‘lov shartlari o‘zgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirg�n firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha narx asoslab berilgan hujjat; 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
Tashkilot rahbari
____________(imzo)
______________________F.I.O.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
EKSPORT KONTRAKTINI RO`YXATGA OLISN
GUVONNOMASI (raqami va sanasi)
Eksport kontrakt
raqami va sanasi
�
Ariza beruvchi tashkilot (eksporter)
Kontraktor (importer) va mamlakat
Tovar (xizmat) nomi
Eksport kontrakt summasi
Ro`yxatga olish uchun asos
Guvohnoma
da berildi
gacha amal qiladi
Vazir o'rinbosari
Imzo
______________(F.I.Sh.)
�
M.O'.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi EKSPORT KONTRAKTLARINI RO’YXATDAN O’TKAZISN NAQIDAGI GUVONNOMANI BERISNNI RAD ETISN XULOSASI
Eksport kontrakt bo’yicha xulosa raqami va sanasi