Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2022 22.12.2017 yildagi 1012-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada ko‘maklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlari faoliyat ko‘rsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish o‘rinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni ta’minlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini o‘rganish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga ko‘maklashish natijadorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markaziga xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni o‘qitish uchun o‘quv-metodik materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yo‘nalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktoriga, zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va ma’lumotlarni taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli bo‘lgan va Markazga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1012-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 39 kishi, shu jumladan ilmiy xodimlar — 30 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 29-iyuldagi 331-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 37-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 36-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 40-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida” 2006-yil 9-iyundagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 211-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 31-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 13-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son)