20.12.2017 yildagi 1004-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, shuningdek, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazir Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli “Suv qurilish invest” DUK — buyurtmachilar etib;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni qurilganhamda rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishga yoʻnaltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2018-yildan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan budjet mablagʻlarini qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining toʻlovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruksiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi koʻchatlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda — qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan ihota va koʻkalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni yer uchastkalari bilan taʼminlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish obyektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1004-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1004-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlari rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi obyektlarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini tahlil qilish.

Budjet mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlarining amalda tejalishini belgilash.

Investitsiya loyihalarining komponentlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallari yakunlanishiga koʻra

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

2.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tejalgan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarini Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, moliyalashtirayotgan xorijiy banklar mablagʻlarini yoʻnaltirishni kelishish.

Tejalgan mablagʻlar aniqlangandan soʻng ikki oy muddatda

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(A. Axmedxodjayev), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

3.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.

Tejalgan mablagʻlar aniqlagandan soʻng ikki oy muddatda

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)

“Suvqurilishinvest” DUK

4.

Amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarida qurilgan va rekonstruksiya qilingan uchastkalarni tekshirish va ishchi guruh tuzish.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mavjud daraxtlar
va butalarni, shu jumladan tabiiy omillardan yoki zararkunandalardan, oʻsimlik kasalliklaridan quriyotgan, inson hayotiga va sogʻligʻiga xavf soladigan, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulki, shuningdek, maxsus yetishtirilayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan, yogʻoch va mevalar olish uchun daraxt va butalarni xatlovdan oʻtkazish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

5.

Xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab joylashgan yer maydonlarini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

6.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

7.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash va loyiha smetalarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari

“Suvqurilishinvest” DUK

8.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun ishlab chiqilgan loyiha smetalarini texnik, davlat va ekologik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

“Suvqurilishinvest” DUK

9.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda pudratchi tashkilotni aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

(M. Ruzmetov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DUK

10.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Suvqurilishinvest” DUK

11.

Ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish uchun zarur boʻlgan tur va miqdordagi koʻchatlarni shartnoma asosida yetishtirish va sotish.

Tuzilgan shartnomalar boʻyicha

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov)

12.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

Pudratchi bilan shartnoma tuzilgandan soʻng

10 kun muddatda

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Suvqurilishinvest” DUK,

Bosh pudratchi tashkilotlar

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar va kuchli shikastlangan va quriyotgan, kasallangan daraxtlar va butalarni kesish uchun tegishli qarorlarni toʻlovsiz, oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish.

Belgilangan muddatlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

14.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va daraxtzorlarni barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallari boʻyicha

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Suvqurilishinvest” DUK,

Bosh pudratchi tashkilotlar

15.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari sifati va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash.

Loyihalarni amalga oshirish mobaynida

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov),

Bosh pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DUK

16.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha qurilishi tugallangan obyektlarni ishga tushirish uchun davlat qabul qilish komissiyasini shakllantirish.

Loyihalar tugallangandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi,

“Suvqurilishinvest” DUK

17.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini hamda obodonlashtirilgan hududlarning yer maydonlarini va yaxshi saqlangan hududlarni yer maydonlari bilan taʼminlashni va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Loyihalar tugallagandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M.Ruzmetov),

“Suvqurilishinvest” DUK

18.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab belgilangan daraxtzorlarni barpo etish va himoyalashga, shuningdek, obyektlardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish orqali foydalanish tashkilotlari tomonidan sugʻorish va boshqa qishloq xoʻjaligi agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida olib borish yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan ihota va daraxtzorlar saqlanishini nazorat qilish.

Har oyda jadval boʻyicha

Har oyda jadval boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev) va uning hududiy organlari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1004/0450-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)