Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-dekabr,
992-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 107-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolar vositasida” soʻzlari “buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Tender savdolari 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlari nashr etilganda va qayta nashr etilganda amalga oshiriladi.
Bir ming AQSh dollaridan kam summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir narx, sifat va muddatlar boʻyicha eng maqbul shartlarni taklif etganlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan aniqlanadi.
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta kontrakt boʻyicha oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi.
Istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishga kontraktlar tender (tanlov) savdolari oʻtkazilmasdan tuzilishi mumkin”;
11-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla qoʻshilsin:
“Tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlari vakillari majburiy tartibda jalb etilgan holda tashkil etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 365-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Quyidagilar:
Tarmoq ilmiy-texnik kengashlarini va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
huzurida tarmoq ilmiy-texnik kengashlari faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-banddagi “hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 3-ilova 2-ilova deb hisoblansin;
d) 2-ilovada:
ilovaning nomidan “hamda ixtisoslashtirilgan tarmoq ekspert kengashlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
13-banddagi ““Oʻzbekneftgaz” MXK” soʻzlari “Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Oʻzavtosanoat” AK” soʻzlari ““Oʻzavtosanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 11-iyundagi 166-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 38-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori)” 2013-yil 23-oktabrdagi 287-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 76-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 26-martdagi 69-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 19-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 80-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 105 va 133-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portali hamda davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-iyuldagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 73-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 20-iyundagi 392-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 107-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 64-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)