15.12.2017 yildagi 985-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzurida Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli faqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzurida Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashni (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralarga aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi tizimlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Idoralararo kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
985-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 985-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎K.M. Aripov ‎—‎

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Idoralararo kengash raisi‎

2.‎Z.T. Turayev ‎—‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti boshligʻi, Idoralararo kengash raisining oʻrinbosari‎
3.‎lavozim boʻyicha‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi boshqarmasi boshligʻi‎
4.‎B.A. Mavlyankariyev—‎Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti professori ‎
5.‎Lavozimiga koʻra ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻlimi boshligʻi‎
6.‎D.A. Zaredinov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh radiologi‎
7.‎D.A. Alimov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktorining oʻrinbosari ‎
8.‎Sh.X. Usanov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot-metodik taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari‎
9.‎T. Tursunov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori‎
10.‎A.N. Nigmatov‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti kafedra mudiri‎
11.‎M.X. Esanov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika taʼlim markazi direktori‎
12.‎Z.K. Kurbanov ‎—‎“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshligʻi‎
13.‎Sh.A. Xakimov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Toshuyjoy LITI” aksiyadorlik jamiyatining zilzilaga bardosh qurilish boʻlimi boshligʻi‎
14.‎J.M. Isayev ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi‎
15‎F.Sh. Shoazizov ‎—‎Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Daryo, kanal va inshootlar gidravlikasi laboratoriyasi mudiri‎
16.‎Gʻ.A. Bimurzayev ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati boshligʻi‎
17.‎A.A. Turgʻunov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori ‎
18.‎A.I. Toʻychiyev ‎—‎Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari‎
19.‎X.S. Sagdiyev ‎—‎Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari‎
20.‎K.D. Salyamova ‎—‎Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi ilmiy xodimi‎
21.‎M.U. Karimov ‎—‎“Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” davlat korxonasi ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari‎
22.‎B.V. Krivoruchko ‎—‎“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Temir yoʻl muhandislari instituti “Hayot xavfsizligi asoslari” kafedrasi katta oʻqituvchisi‎
23.‎V.D. Minchenko ‎—‎“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi laboratoriya mudiri‎
24.‎B.M. Xolmatjanov‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori
25.‎S.R. Kamilov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi‎
26.‎O.T. Axmedov ‎—‎“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati “Ilmiy texnika markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati doktoranti‎
27.‎B.F. Xikmatov ‎—‎Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, Idoralararo kengash kotibi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Idoralararo kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar idoralararo kengash tarkibiga kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 985-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashning (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi)asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo kengash Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi) kiruvchi vazirliklar va idoralar tomonidan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (keyingi oʻrinlarda ilmiy ishlar deb ataladi) tashkil etish va amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVDTga kiruvchi vazirliklar va idoralarga aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi tizimlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) FVDTga kiruvchi vazirliklar va idoralarga aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirishda koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi mavjud muammoli masalalarni aniqlash, oʻrganish, tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini va vazifalarini belgilash hamda FVDTga kiruvchi vazirliklar va idoralarga tegishli tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlar mavzularini koʻrib chiqish, tasdiqlash uchun tavsiya etish hamda ularning grant tanlovlarida ishtiroki boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha anjumanlar, seminarlar, koʻrgazmalar va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi buyurtmasiga binoan ilmiy-amaliy tadqiqot va eksperimental ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlar, ularning natijadorligi hamda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi boʻyicha maxsus maʼlumotlar bazasini yaratish, yangilab borish hamda ilmiy ishlar toʻplamlari nashr etilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi tizimlari faoliyatining samaradorligini oshirishga doir ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarning loyihalarini koʻrib chiqish va ekspert xulosalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib borilayotgan ilmiy ishlarning bajarilishini doimiy ravishda nazorat va tahlil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarni amalga oshirishda FVDTga kiruvchi vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga doir ilmiy-texnik, uslubiy, tashkiliy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy- tadqiqot va eksperimental ishlanmalar natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqib, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi monitoringini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Idoralararo kengashning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVDTga kiruvchi barcha vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi masalalari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari holati bilan tanishish hamda ularga baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarning samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolsiz va dolzarb emas deb baholangan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini toʻxtatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlarni rivojlantirishda faol ishtirok etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Idoralararo kengashning rais, rais oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoralararo kengash FVDTga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning yetakchi olimlari va mutaxassislaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo kengash ekspertiza tadbirlarini oʻtkazish maqsadida taqdim etilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini koʻrib chiqish uchun boshqa vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har yilda kamida bir marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rais oʻrinbosarlari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislari kun tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning ish rejalarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo kengash ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Kengashning faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi, natijalari boʻyicha Kengash raisiga axborot berib boradi hamda tahliliy va boshqa materiallarni navbatdagi majlisda koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Idoralararo kengash kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo kengash kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha zarur hujjatlarning navbatdagi majlisga toʻplanishi, umumlashtirilishi va Idoralararo kengash raisiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash raisi bilan majlisning oʻtkazilish muddati va joyini hamda taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash aʼzolariga va taklif etilgan shaxslarga majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni uning aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Idoralararo kengash majlisini chaqirish uning aʼzolariga avvaldan yozma xabarnoma tarqatish asosida amalga oshiriladi. Xabarnomada majlisni oʻtkazish kuni, vaqti va muhokama qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoralararo kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Idoralararo kengash raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlisi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Zarur miqdordagi aʼzolar yigʻilmagan holatlarda Idoralararo kengash majlisi boshqa muddatga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Idoralararo kengash qarorlari uning majlisida ishtirok etgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Idoralararo kengash qarorlari majlisda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi va Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Idoralararo kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. FVDTga kiruvchi barcha vazirliklar va idoralar aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida olib borilayotgan, tugallangan ilmiy ishlar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi ilmiy ishlar loyihalari boʻyicha har yil yakunida yillik hisobot tayyorlaydi hamda uning Idoralararo kengashga taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Idoralararo kengashning ish rejalari, uning aʼzolaridan kelib tushgan takliflar asosida bir yil uchun tuziladi va majlisida koʻrib chiqilib, Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.