12.12.2017 yildagi 981-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 18-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyatining ilovada koʻrsatilgan aholi punktlari (keyingi oʻrinlarda aholi punktlari deb ataladi) boʻyicha bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholi punktlari boʻyicha bosh reja loyihasini ishlab chiqishda ushbu aholi punktlari hududlari uchun quyidagi vaqtinchalik taqiqlar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, ularga ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga nisbatan egalik huquqini belgilash, bundan sud qarori asosida hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan hollarda egalik huquqi berilishi hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan taqiqlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taraflar joriy etilgan taqiqlar haqida yozma ravishda ogohlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari boʻyicha bosh rejani tasdiqlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan kundan boshlab ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan harakatlar tasdiqlangan bosh reja asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati hokimligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni, mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida mazkur aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida va ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Adliya vaziri R.K. Davletov, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
981-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-dekabrdagi 981-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq fuqarolar yigʻinlari nomi

Mahalla fuqarolar yigʻinlari nomi

Zangiota tumani

1.

Oʻzgarish

Belariq

2.

Yuqori darxon

3.

Past darxon

4.

Fayzli

5.

Jaloyir

6.

Chorbogʻ

7.

Xonobod

Qumariq

8.

Xonobod

9.

Qorasuv

10.

Istiqlol

11.

Nomdanak

12.

Qushbegi

13.

Taraqqiyot

14.

Xonobodtepa

15.

Toshkent

16.

Sohibkor

17.

Nurafshon

18.

Zangiota

Gulbogʻ

Qibray tumani

1.

Oʻnqoʻrgʻon

Parvoz

2.

Oʻnqoʻrgʻon

3.

Salar

Islomobod

4.

Oybek

5.

Salar GES

6.

Bobur

7.

Navroʻz

8.

Bunyodkor

9.

Maʼrifat

10.

Tuzel

Chinor

11.

Tovkenttepa

12.

Bahor

13.

Argʻin

14.

Mirishkor

15.

Ibrat

16.

TashISTI

17.

Amir Temur

18.

Mevazor

19.

Gulzor

20.

Gulbogʻ

21.

Yangiobod

Bogʻishamol

22.

Alisherobod

23.

Toʻqaytepa

24.

Jarboshi

25.

Yangiobod

Chingeldi

26.

Taraqqiyot

27.

Geofizika

Toshkent tumani

1.

Choshtepa

Sabzavot

2.

Tutzor

3.

Iqbol

4.

Hasanboy

Hasanboy guzari

5.

Yunusobod

Avliyo ota

6.

Darxon*

Quyichirchiq tumani

1.

Toshloq

Surum

Oʻrtachirchiq tumani

1.

Qumovul

Navoiy

2.

Nurafshon

3.

Yangi hayot

4.

Namuna

5.

Gulzor

6.

Bektemir

7.

Jaloyir

8.

Xoʻja

Yuqorichirchiq tumani

1.

Arganchi

Oqovul

2.

Daulbay

3.

Jumabozor

4.

Navoiy

5.

Usmonobod

6.

Obodon

7.

Guliston

8.

Darxon

9.

Istiqlol

Istiqlol

10.

Gulobod

11.

Istiqbol

12.

Surankent

Ahmad Yassaviy

13.

Jalol tepa

14.

Qoratuxum

15.

Toʻqimboy

16.

Tinchlik

Iyk-ota

17.

Gulbogʻ

18.

Yoshlik

19.

Baliqchi

20.

Bordonkoʻl

Junsiz

21.

Bolta

22.

Doʻstlik

23.

Bahor

24.

Qaytmas

25.

Mirobod

26.

Bordonkoʻl

Yangiyoʻl tumani

1.

A.Ortiqov

Chortogʻ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Izoh. Toshkent tumani, “Yunusobod” qishloq fuqarolar yigʻini, “Darxon” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan qishloq xoʻjaligi xaritasining 24-konturidagi 1,5 gektar yer uchastkasiga nisbatan mazkur qarorning 2-bandidagi vaqtinchalik taqiqlar qoʻllanilmaydi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 731-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/981/0408-son)