11.12.2017 yildagi 977-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida aktyorlik sanʼati taʼlim yoʻnalishida maxsus sirtqi boʻlimni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikadagi barcha teatrlarni yetuk va malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, teatrlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) aktyorlik sanʼati taʼlim yoʻnalishida maxsus sirtqi boʻlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi Institutda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab aktyorlik sanʼati taʼlim yoʻnalishida maxsus sirtqi boʻlim uchun qabul kvotalarini belgilangan tartibda shakllantirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Institutning aktyorlik sanʼati taʼlim yoʻnalishidagi maxsus sirtqi boʻlimga ushbu yoki turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga, teatr va boshqa madaniyat muassasalarida taʼlim yoʻnalishiga muvofiq kamida uch yil amaliy ish stajiga hamda belgilangan tartibda tavsiyanomaga ega boʻlgan iqtidorli abituriyentlarni qabul qilish kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda maxsus sirtqi taʼlim jarayonini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus sirtqi taʼlim shaklida oʻqish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Institutning maxsus sirtqi boʻlimiga talabalarni qabul qilish jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2018-yil 1-iyungacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus sirtqi boʻlim oʻquv rejasi va fan dasturlarini tasdiqlash, shuningdek, ularga muvofiq fanlarni oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus sirtqi boʻlimda dars berishga yuqori salohiyatga ega boʻlgan yetakchi mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmalariga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
977-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2017-y., 09/17/977/0400-son)