Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tarkibida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi boʻlinmalar boʻlgan harbiy qismlarga kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1554-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2006-yil 11-martdagi 274-V va 30-son “Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tarkibida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi boʻlinmalar boʻlgan harbiy qismlarga kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1554, 2006-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 97-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
274-V-1-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
176-son
Kelishilgan:
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2017-yil 27-noyabr
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2017-yil 27-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/1554-1/0387-son)