Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga bojxona imtiyozlari berish toʻgʻrisida” 2001-yil 25-maydagi 235-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-iyul,
359-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy masʼuliyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarori matnidan (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga”, “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita”, “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasiga — avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida kirish va chiqishlarini”;
matn boʻyicha barcha “nazorat-oʻtkazish punktlari” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasining xalqaro parvozlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 1999-yil 13-iyuldagi 343-son qarori 4-bandidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va unning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-sentabrdagi 374-son qarori 7-bandidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
birinchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari “Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 210-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/680/1052-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshidan “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 09/21/204/0323-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 345-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/210/2757-son; 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; 13.04.2021-y., 09/21/204/0323-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/680/1052-son)