30.11.2017 yildagi PQ-3418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini va ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror taʼminlash, respublika shahar va tumanlarini shunday mahsulotlar bilan uzluksiz boyitish, shuningdek, ularning narxi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-2018-yillar qish-bahor davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining eng muhim vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini, shu jumladan takroriy ekin maydonlarida yetishtirish hajmlarini oʻstirish hisobiga ichki isteʼmol bozoriga oziq-ovqat tovarlarini ustuvor darajada yetkazib berish, shunday mahsulotlarni davlat buyurtmasida belgilangan hajmlarda oʻz vaqtida gʻamlab qoʻyish va tegishli darajada saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, chakana savdo shohobchalariga mahsulotni zarur hajmlarda bir maromda yetkazib berish hisobiga barcha shahar va tumanlarda aholini hamda ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatdagi oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan barqaror narxlarda kafolatli taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, ichki bozor ehtiyojlaridan ortiqcha hajmlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotini eksportga yetkazib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar qish-bahor davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar boʻyicha qishloq xoʻjalik mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash prognoz hajmlari 1, la — 1o-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar boʻyicha tayyorlov korxonalari kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini joylashtirishning prognoz hajmlari 2, 2a — 2o-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki isteʼmol bozorini taʼminlash uchun “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining hududiy korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini saqlash uchun gʻamlashning prognoz hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlash uchun gʻamlashning prognoz hajmlari 4, 4a — 4o-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlab qoʻyish prognoz hajmlari 5, 5a — 5o-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalari kesimida 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch)ni gʻamlash jadvallari 6, 6a — 6d-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini (kartoshka, piyoz sabzi, guruch) chiqarish jadvallari 7, 7a — 7d-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 8-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 oktyarbdagi PQ-3345-sonli qarori bilan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) — (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) ikki kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Hisob palatasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan tarkib topgan, tasdiqlangan jadvallarga muvofiq 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash ishlarining borishini joylarga chiqib, tanqidiy oʻrganish boʻyicha maxsus ishchi guruhini tashkil qilsin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oʻn kunda axborot taqdim etib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari toʻla hajmda va belgilangan muddatlarda gʻamlab qoʻyilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud muammoli masalalar boʻyicha ularni hal etish yuzasidan aniq takliflar bilan Respublika ishchi guruhiga axborot taqdim etgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va chiqarishning tasdiqlangan jadvallari qanday bajarilayotganligini xar oʻn kunda monitoring qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tayyorlov tashkilotlarining asosli buyurtmanomalari boʻyicha dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan mahsulot xarid qilishga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash uchun imtiyozli kreditlar (Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bilan) belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha obyektlari tomonidan qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash uchun moʻljallangan budjet mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin hamda ularning maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va chiqarishning borishini monitoring qilishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari har oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ichki isteʼmol bozoriga chiqarish hajmlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tayyorlov tashkilotlariga ajratilgan kredit mablagʻlarining hajmlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi — ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlash va chiqarish uchun gʻamlash, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash uchun moʻljallangan budjet mablagʻlarini ajratish va oʻzlashtirish hajmlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari takroriy ekin maydonlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili oʻz vaqtida va toʻla hajmda yigʻishtirib olinishi, shuningdek, 2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholi talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun ana shu mahsulotlarning tegishlicha saqlanishini tashkil etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (Z.O. Fayziyev), “Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK (T.A. Jalilov) aholini barqaror taʼminlash hamda ichki isteʼmol bozorida narxlarning keskin oʻzgarib turishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tashkil qilingan Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga import qilish nazarda tutilgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari (parranda goʻshti, kartoshka, shakar, oʻsimlik moyi va hayvon yogʻi hamda boshqalar) oʻz vaqtida keltirilishi va sotilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (T.A. Jalilov), “Oʻzdonmahsulot” AJ (S.O. Haydarov), “Oʻzvinosanoat-xolding” XK (Sh.N. Raximov), “Oʻzpaxtayogʻ” AJ (M.M. Solihov), “Oʻzbaliqsanoat” AJ (A.Sh. Ergashev), “Parrandasanoat” uyushmasi (R.M. Ismatullayev) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2017-2018-yillar qish-bahor davrida ichki isteʼmol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlarini bir maromda yetkazib berishni taʼminlash uchun shunday mahsulotlar yetishtirish hajmlari va turlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kesimida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” AJ bilan birgalikda 2018-yilgi davlat resurslarining oziq-ovqatbop bugʻdoyidan foydalanish balansini shakllantirishda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik xoʻjaliklarining ozuqa bazasini kengaytirish va goʻsht mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish uchun mazkur xoʻjaliklarga birja savdolari orqali bugʻdoy sotish hajmlarini 2017-yilga nisbatan 30 ming tonnaga (shu jumladan, 2018-yilning I yarim yilligida 15 ming tonna) koʻpaytirishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ichki isteʼmol bozorining toʻldirilganligini va ushbu tovarlar narxlarining konyunkturasi oʻzgarishini xar oyda tahlil qilib borsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3083-sonli qarori bilan tashkil qilingan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasiga tegishli takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3418-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3418-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3344-son qaroriga muvofiq, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tayyorlov korxonalari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaligi — oila boshligʻiga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun taqdim etilgan tomorqa yer uchastkasida oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi oilaviy mayda tovar xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tomorqa xoʻjaligi — oilaviy xoʻjalik boʻlib, unda oila aʼzolari tomorqa uchastkasida (posyolka, qishloq, ovulda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqi asosida taqdim etilgan uchastkaning bir qismida) oila ehtiyojlari uchun, shuningdek, ortiqcha mahsulotni dehqon bozorlarida sotish uchun qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilar — dehqon va shaxsiy tomorqa xoʻjaliklari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlovchilar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, jamgʻarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsuloti — dehqon va shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sabzavotlar, kartoshka, poliz mahsulotlari, mevalar, uzum, guruch, dukkakli ekinlar, goʻsht (mol, qoʻy, parranda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi — shartnoma shakli boʻlib, unga muvofiq, bir tomon (sotuvchi) buyum (tovar)ni ikkinchi tomon (xaridor)ning egaligiga berish, xaridor esa ushbu tovarni qabul qilish va uning uchun maʼlum bir pul mablagʻi (qiymat)ni toʻlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish yetkazib beruvchilar va tayyorlovchilar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oldi-sotdi shartnomasi yetkazib beruvchi va tayyorlovchi oʻrtasida mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq shakldagi xarid dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid dalolatnomasi yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy ravishda koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tuzilgan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan, tugʻilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtgan manzil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot nomi, bir donasining narxi, xarid qilinayotgan mahsulot hajmi, bitim summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul olganlikni yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdigʻi yoki sotuvchining realizatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun pul mablagʻlari oʻtkaziladigan plastik kartasi rekvizitlari (tegishli shaxsiy hisobvaragʻi raqami).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid dalolatnomasiga tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki tomorqa shirkati tomonidan yetkazib beruvchiga taqdim etilgan, realizatsiya qilingan mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat majburiy tartibda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xaridini moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sotib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun oʻzaro hisob-kitoblar quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun taqdim etilgan tijorat banklarining maqsadli mablagʻlari hisobidan naqd pul koʻrinishidagi toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilarining plastik kartasiga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilar tomonidan tijorat banklarida ochilgan jamgʻarma hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklari tomonidan tayyorlov korxonalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun naqd pul mablagʻlarini berish respublikada pul muomalasini tashkil etishni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tayyorlovchi rejalashtirilayotgan chorak boshlanishidan 30 kun avval xizmat koʻrsatuvchi bankka xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga toʻlovni amalga oshirish uchun naqd pul mablagʻlariga ehtiyoj toʻgʻrisida belgilangan shakldagi kassa buyurtmanomasini taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kassa buyurtmanomasiga tovarlarni tayyorlash va “Xizmat beminnat” maxsus savdo obyektlari orqali realizatsiya qilish rejasi yoki tayyorlovchi tomonidan davlat taʼminot muassasalari, maxsus isteʼmolchilar, qayta ishlash va chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari bilan ularga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, qish-bahor davri uchun zaxiraga yigʻish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banklari tomonidan naqd pul mablagʻlari kelishilgan grafik asosida, qoidaga koʻra, har yetti kunda bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tayyorlovchi avval olingan naqd pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmagan taqdirda, bank ularni berishni toʻxtatib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Olingan naqd pul mablagʻlarining yetti ish kuni mobaynida ishlatilmay qolgan qismi tayyorlovchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga qaytarilishi shart. Bunda yetti kunlik muddat oʻtgach ushbu mablagʻ uning talab qilib olguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki kassa buyurtmanomasiga muvofiq keyingi yetti kunlik muddat uchun navbatdagi naqd pul mablagʻlari toʻlovi uchun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bankdan olingan naqd pul mablagʻlarini tayyorlovchilar tomonidan kirim va chiqim qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-raqam bilan roʻyxatga olingan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tayyorlovchi har chorakda, biroq hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, naqd pul mablagʻlari hisobidan xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini tasdiqlovchi maʼlumotnomani taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladigan rejali tekshiruvlarda soliq organlari va xizmat koʻrsatuvchi banklar buxgalterlik hisobi, qabul qilish kvitansiyalari (xarid qilish vedomostlari, mahsulotni omborga qabul qilish boʻyicha yuk xatlari) va kassa hujjatlarini tahlil qilish yoʻli bilan tayyorlovchi tomonidan naqd pul mablagʻlarini olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Joylarda tekshiruv davomida naqd pul mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi, hisobotlarda kamchiliklar va boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan jarimalar bilan bir qatorda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar naqd pul mablagʻlarini berish toʻxtatib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3418/0347-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)