O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-sonli qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar o‘zlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu karorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
PQ-3415-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli qarori:
a) 7-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarni rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi “O‘zinfokom” markazi” va “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” degan so‘zlar tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli qarori 3-bandi birinchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli qarorining 5-bandidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli karori:
a) 5-bandi 5-xatboshidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targ‘ib qilish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilovadagi “O‘zinfokom” DUK va “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targ‘ib qilish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-sonli qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning mablag‘larini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovdan tushadigan mablag‘larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar hisobidan) va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)