Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
PF-5269-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisida nizomida:
a) 8-bandining 8.5. kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8.5. Tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borish sohasida
jinoiy ishlar qoʻzgʻatish, moliya-iqtisodiyot, soliq sohasida jinoyatlar va huquq buzilishlarini sodir etish hollari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlarini tashkil qilish va olib borish;
Departamentning hududiy boʻlinmalarida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish”.
b) 12-banddagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisida nizomda:
a) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandi “g” kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)