O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Xususiy korxona to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-iyul,
346-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 3-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1995-yil 15-sentabrdagi 361-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 9-son, 34-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosa o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1999-yil 7-iyuldagi 334-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 36-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda) ilovaning 7-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyundagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 27-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda) ilovaning 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda) 2-ilovaning 3-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 335-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)