ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokini taʼminlash. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni tayyorlashda ishtirok etish. |
Muntazam ravishda |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
3. |
Hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, kommunal sohadagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
4. |
Ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning sa�arali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
5. |
Tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
6. |
Dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
7. |
Hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularning barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
8. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan manfaatdor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2017-yil |
Respublika mahallalar kengashi, Savdo-sanoat palatasi, |
|
9. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida fuqarolar yigʻini raisi, keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlar, hududdagi muassasalar rahbarlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)da hisobot berish tizimi monitoringini olib borish. |
Har chorakda |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilingan Fuqarolar yigʻinining: tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari; ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish; ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari; maʼrifat va maʼnaviyat masalalari; jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish; yarashtirish; xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalar raislarining fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)da hisobot berish tizimi monitoringini olib borish. |
Har chorakda |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
12. |
Fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish, respublikada yagona elektron hududiy baza tarmogʻini yaratish, unda hududidagi aholi va oilalar soni, ularning moddiy holati va boshqa zarur maʼlumotlarni jamlash hamda idoralararo elektron axborot almashuvi tizimini toʻliq joriy etish maqsadida fuqarolar yigʻinlarini internet tarmoqlari bilan jihozlash boʻyicha 2018-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish. |
2017-yil dekabr |
Respublika mahallalar kengashi, |
|
13. |
Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda aniqlangan muammolarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini izchil amalga oshirish. |
Muntazam ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
14. |
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilib borishni samarali tashkil etish. |
Har chorakda |
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari |