21.11.2017 yildagi 931-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab avtomobil va aviatsiya benzinini, dizel va kema yonilg‘isini, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘ini va mazutni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov hamda “O‘zstandart” agentligining bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
931-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/931/0302-son, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)