O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublika iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning roli va mavqeyini tubdan oshirish, davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-noyabr,
907-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandidagi “tegishli shahar (tuman) hokimi qarori asosida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi, hokim, shuningdek, Yagona buyurtmachi xizmatining ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan Ustavini ham tasdiqlaydi” so‘zlari “belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 11-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat korxonasining muassisi (keyingi o‘rinlarda muassis deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari”;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tashkil etilishi mumkin”;
v) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’sis etilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 12-bandning o‘ninchi xatboshidagi va 24-banddagi “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi” so‘zlari “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/65/0139-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi 696-sonli qaroriga asosan 2023-yil 8-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 555-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 11-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xo‘jalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 25-sentabrdagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 39-son, 403-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 56-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda) 2-ilovaning 7-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/696/1072-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 13.02.2025-y., 09/25/65/0139-son)