Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy XavfsizliK xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy XavfsizliK xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2174-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son qarori (roʻyxat raqami 2174, 2010-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
28-Q-son
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
11-671-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
138-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
55-son
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
28-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
01-02/22-41-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-oktabr,
2017-59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-oktabrdagi 28-Q, 11-671, 138, 55, 28, 01-02/22-41, 2017-59-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ular boʻyicha tegishli ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, MXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.
Ekspertiza xulosasi olingandan soʻng giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun MXX organlariga topshirilishi shart”.
2. 72-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda Sud departamentining hududiy organi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Sud departamentining” degan soʻzlar “Majburiy ijro byurosining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 73-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan soʻzlar “Majburiy ijro byurosining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 74-bandning birinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan soʻzlar “Majburiy ijro byurosining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Butun matn boʻyicha “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 20-oktabr
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2017-yil 20-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son)