06.11.2017 yildagi 891-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy maʼnaviyatimizning takomil bosqichlarida asosiy oʻrin tutuvchi oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyoti va yozma adabiyotining tarixan shakllangan adabiy maktablari, buyuk ajdodlarimizning badiiy soʻz sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, ilmiy merosi, oʻzbek folklori va adabiyotining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, boshqa xalqlar adabiyotlari bilan aloqalari, folklor va adabiyotning rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy muammolarni tadqiq etish orqali keng jamoatchilik, eng avvalo, yosh avlod oʻrtasida vatanparvarlik, ajdodlar merosiga vorislik, azaliy anʼanalarga sodiqlik, kelajakka ishonch gʻoyalarini targʻib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (keyingi oʻrinlarda Muzey deb ataladi) oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi durdonalari, yozma adabiyotining eng qadimgi davridan shu kungacha boʻlgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur tadqiq qilish va uni turli ekspozitsiyalar koʻrinishida targʻib qilish orqali xalqimiz, avvalombor, yoshlarimizning madaniy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan ilmiy muassasa ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Muzeyning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyoti durdonalari, yozma adabiyotining qadimgi davrdan shu kungacha boʻlgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur oʻrganish, uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda ekspozitsiya zallari orqali aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek adabiyoti bilan bogʻliq yangi kashf etilgan manba, arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolarni ilmiy tadqiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey fondida saqlanayotgan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning qoʻlyozmalarini ilmiy tavsiflash, tadqiq etish, ular asosida elektron kataloglar tayyorlash, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish va noyob qoʻlyozmalarning faksimil nashrlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi oʻzbek folklori va adabiyoti bilan bogʻliq turli hujjatlar, eksponatlar va boshqa ashyolar bilan muntazam boyitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek adabiyotini targʻib qilgan shoir va olimlar tavalludi, oʻzbek adabiyoti tarixi bilan bogʻliq muhim sanalarni nishonlash boʻyicha respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar oʻtkazish, oʻzbek adabiyotini oʻrgangan respublikamiz va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida seminarlar, xalqaro anjumanlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda Muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy muzeylar, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatish, ularning tajribalaridan foydalanish, adabiyot sohasida nashr etilgan ilmiy-badiiy, tarixiy hujjatlar, internet tarmogʻidagi materiallarni oʻrganish va tahlil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Muzey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Muzeyni saqlash va faoliyat yuritishi bilan bogʻliq mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzarxiv” agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Muzey ekspozitsiyalarini yangilash, folklor va yozma adabiyot, ijodkorlarning hayoti va ijodiga oid manba va qoʻlyozmalar, hujjatlar, kino, foto materiallar va ashyolar bilan doimiy toʻldirib borishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda Muzeyni sayyohlar tashrif buyuradigan makonga aylantirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining 2018-2019-yillarda Muzey binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda Muzey binosiga tutash hududni obodonlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Toshkent shahar hokimligining Muzey binosini rekonstruksiya qilish va unga tutash hududni obodonlashtirish ishlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2018-2019-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va Muzeyni rekonstruksiya qilish uchun zarur kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzey binosiga tutash, shu jumladan Alisher Navoiy haykali joylashgan hududni obodonlashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Toshkent shahar hokimligining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyni zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan interaktiv infokiosk va monitorlar, stend va podiumlar bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda Muzey binosini rekonstruksiya qilish va unga tutash hududni obodonlashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Muzeyda rekonstruksiya va jihozlash ishlari tugagandan soʻng Muzey tuzilmasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda Muzeyni zarur aloqa turlari va vositalari, jumladan internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzeyga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish, Muzey ekspozitsiyalarida zamonaviy axborot kiosklarini oʻrnatish hamda virtual muzeyni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 371-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
891-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi 891-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek tilidagi matnning oʻninchi xatboshisidagi “institutining” soʻzi “institutining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son)