07.11.2017 yildagi 892-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-oktabrdagi PQ-3306-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 42-son, 422-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
892-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 892-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandda “sportning olimpiya turlari” soʻzlaridan keyin “Kurash” milliy sport turi” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya oʻyinlarida, Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3-oʻrinlar) individual turlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya oʻyinlarida, Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3-oʻrinlar) jamoa turlari gʻoliblari oʻz komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilaridan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/892/0217-son)