Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 07.11.2017 yildagi 895-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini masʼul kotibi faoliyatining samaradorligini oshirish, mahalla tizimida ish yuritishni tashkil etish va olib borishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda fuqarolar yigʻinining masʼul kotiblari oʻz faoliyatini tasdiqlangan ushbu Nizom asosida tashkil etishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda fuqarolar yigʻinining masʼul kotiblari malakasini oshirishga doir oʻquv seminarlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
895-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 895-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yigʻini masʼul kotibining (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Masʼul kotib oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Masʼul kotib fuqarolar yigʻinida ish yuritishni ijro intizomiga qatʼiy rioya etgan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida samarali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Masʼul kotibning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar masʼul kotibning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan muntazam tanishtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini organlarida fuqarolar yigʻini faoliyatiga doir hujjatlarning yuritilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) va fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlash, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) va fuqarolar yigʻini kengashi hamda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) qarorlarini ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning oʻrinbosarlari, yigʻin faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda yigʻin huzuridagi taftish komissiyasida ish yuritishni tashkil etish va olib borishga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini aʼzolariga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, fuqarolar yigʻini kengashining qarorlari va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻiniga tushayotgan hujjatlar va murojaatlar, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarda kotiblik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi boʻyicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida hisobot tuzish hamda hisobotni belgilangan sanalarda tegishli davlat organlariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini qarorlari, bayonnomalari hamda fuqarolar yigʻini kengashi bayonnomalarini imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi oilalar roʻyxatini tuzish va ushbu oilalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni roʻyxatga olish daftariga va maxsus elektron dasturga kiritish hamda har oy yakuni boʻyicha roʻyxatni monitoring asosida yangilab turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Masʼul kotibning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Masʼul kotib ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) topshirigʻi bilan fuqarolar yigʻini faoliyatiga aloqador boʻlgan zarur maʼlumotlarni boshqa tashkilotlardan soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan materiallar eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam va nafaqalar belgilashda ularga muhtoj boʻlgan oilalar toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga yoki fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiyasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinida ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilish, ijro intizomi yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir takliflarni fuqarolar yigʻini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini hududidagi ishsizlarni ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markaziga yoʻllash haqida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida fuqarolar yigʻini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasidagi turli nizolarni hal etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni muhokama qilishda, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga moyil shaxslar bilan maʼnaviy-axloqiy tarbiya mavzusida suhbatlar oʻtkazish chogʻida bevosita ishtirok etib oʻz fikr va mulohazalarini bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vazifalarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga yigʻin organlari faoliyatini samarali tashkil etishga doir takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Masʼul kotibning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul kotib faoliyatiga doir tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini organlarida hujjatlar yuritilishi, hujjatlar ijrosi, ichki mehnat intizomi tartibi va fuqarolar yigʻini faoliyatini tartibga solishga qaratilgan boshqa hujjatlar yuritilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh va yangi tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazidan olingan maʼlumotlar fuqarolar yigʻini binosida muntazam eʼlon qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zimmasiga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini tartibga solishga doir qonun hujjatlari talablariga fuqarolar yigʻini aʼzolari tomonidan rioya qilinmagan hollarda fuqarolar yigʻini va uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tegishli tarbiyaviy taʼsir choralarini koʻrish, tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha fuqarolar yigʻini raisi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashi raisining birinchi oʻrinbosariga takliflar kiritish, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Masʼul kotib oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishida fuqarolar yigʻini hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Masʼul kotib faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Masʼul kotib fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan, bevosita tayinlangungacha kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida va tashkilotlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar masʼul kotib lavozimiga tayinlanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz turmush tarzi bilan fuqarolar yigʻini aʼzolari oʻrtasida salbiy tavsiflangan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qoʻyganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masʼul kotibning vakolatlari quyidagi hollarda muddatdan ilgari tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat organlari masʼul kotibning ushbu Nizomda belgilangan faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oshirishida koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul kotib faoliyatini fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashi masʼul kotib faoliyatini samarali tashkil etishiga uslubiy va amaliy koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Masʼul kotib fuqarolar yigʻinining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hududiy kengashlari tomonidan masʼul kotibning faoliyatini yoʻnaltirish hamda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish ishlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Masʼul kotibning faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatini takomillashtirish va uni ragʻbatlantirish haqidagi masala Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hududiy kengashlari tomonidan har yili kamida bir marta muhokama etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Masʼul kotibni ushbu Nizomda koʻrsatilmagan vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/895/0220-son)