06.11.2017 yildagi PQ-3377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarning (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb yuritiladi) hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish huquqini berish:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan bank oʻtkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali toʻlovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan toʻlov olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi maʼlumotlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga ularni saqlashda, tashishda va sotishda qonun hujjatlarida belgilangan tabiiy yoʻqotish normativlari doirasida tuzatishlar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yoʻqotish normativlari va ularning faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilmasdan qoʻllaniladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi belgilari aniqlangan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi koʻrik hujjati tuzilganidan keyin hamda uzum, vino va konyak mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi tovarlarni eksportga rasmiylashtirish ruxsat etilganidan soʻng 3 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda rasmiylashtiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda 2017-yil 15-noyabrga qadar muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablarini hisobga olgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini takomillashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari savdosi va eksporti sohasidagi xalqaro shartnomalarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi import bojxona bojlari, aksiz soligʻi va yigʻimlar stavkalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, tashish hamda meva-sabzavot mahsulotlarining potensial import qiluvchi xorijiy mamlakatlarda sotishda sanitariya norma va qoidalarini tanqidiy oʻrganishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi savdo vazirligi inventarizatsiya va tanqidiy oʻrganish yakunlari boʻyicha 2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlarining savdosi va eksporti sohasida yangi xalqaro shartnomalar tuzish hamda amaldagilariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi normativ hujjatlar, sanitariya norma va qoidalari, fitosanitariya talablarini xalqaro standartlar, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining potensial import qiluvchi xorijiy mamlakatlar talablarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzstandart” agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan “ISO 22000”, “Halol” standartlarini joriy etish va keyinchalik qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini asosiy isteʼmol qiluvchi davlatlarda, shu jumladan ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlarni tuzish, shuningdek, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish orqali tan olinishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda eksport qiluvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan koʻpi bilan bir ish kuni davomida meva-sabzavot hamda tez buziladigan mahsulotlarning eksporti uchun sertifikatlar berishni taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishning asosiy nomenklaturasi boʻyicha tashqi bozorlarning joriy va istiqboldagi konyunkturalarini doimiy asosda chuqur oʻrganishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlari eksportining yangi istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash hamda turi va naviga bogʻliq holda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabni aniqlash hisobiga ularning nomenklaturasini kengaytirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda haqiqiy ehtiyoj hamda meva-sabzavot mahsulotlarini tashish yoʻnalishlarini chuqur oʻrganish asosida Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlash, saqlash va tashish boʻyicha logistika markazlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, loyihalarning aniq roʻyxati belgilansin, markazlarni optimal va oqilona joylashtirish, ularni tashkil etish muddatlari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablagʻlari bilan birga chet el investitsiyalarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tijorat banklariga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tayyorlov tashkilotlarining depozit hisobvaraqlaridan ularning buyurtmalari boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlari sotib olish uchun naqd pul mablagʻlari berishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK import va eksport qiluvchilar uchun, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ularning navi va narxlari, shuningdek, chet el xaridorlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olishga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona axborot portalini yuritishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov ikki kun muddatda mazkur qaror talablari bajarilishining borishi ustidan taʼsirchan nazorat qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining tasdiqlangan parametrlariga erishishni tizimli monitoring qilish hamda aniqlangan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilishni taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislaridan maxsus guruhni shakllantirsin, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilish uchun asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi M.B. Nurmuratov, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3377-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi PQ-3377-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Qoʻchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

2.

Gʻaniyev E.M.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

3.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

4.

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

5.

Shermatov Sh.X.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

6.

Toxiriy M.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

7.

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

8.

Ishmetov T.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

9.

Ikramov A.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

10.

Sotiboldiyev J.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

11.

Kadirov F.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ATD mudiri, ishchi guruh kotibi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 07/17/3377/0215-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)