1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishning taʼsirchan mexanizmi va multimedia imkoniyatlarini joriy etish | ||||
|
1. |
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoatchilik nazariga tushgan jinoyatlar tafsiloti borasidagi ichki ishlar organlari faoliyatini tizimli ravishda yoritib beruvchi axborot-tahliliy teleradiokoʻrsatuvlarni tayyorlash, tasdiqlash va tatbiq etish, ular uchun efir vaqtini har haftada ajratishni koʻzda tutish. |
Qoʻshma qaror |
2017-yil 10-dekabr |
IIV (Bobojonov P.), MTRK (Xadjayev A.) |
|
2. |
Ichki ishlar organlari faoliyatini yorituvchi mediakontent, ular tomonidan tashkil etiladigan tadbir, uchrashuv va chiqishlarning bosma, televizion va elektron ommaviy axborot vositalarida doimiy eʼlon qilib borilishini taʼminlash tartibini belgilash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 10-dekabr |
IIV (Bobojonov P.) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar (facebook, twitter va boshqalar) va mobil ilovalar (telegram, whatsAPP va boshqalar) dan foydalangan holda maqsadli auditoriyani kengaytirish orqali joylashtirilga� kontentni kanallar sifatida oʻtkazish. |
Rasmiy sahifalarni tashkil etish, kontentni takrorlash |
2017-yil 15-dekabr |
IIV (Ergashev R.) |
|
4. |
Sodir etilgan jinoyatlar va jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan voqealarni, shuningdek, mazkur masalalar boʻyicha ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining efirda chiqishlarini tashkil etish, oʻz vaqtida va ishonchli yoritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-dekabr |
IIV (Bobojonov P.) |
|
5. |
Ichki ishlar organlari masʼul xodimlarini jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan televizion uchrashuv va brifinglar, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq “jonli” muloqotlarini tizimli tashkil etish. |
Qoʻshma qaror |
2018-yil 5-yanvar |
IIV (Bobojonov P.), MTRK (Xadjayev A.) |
|
II. Ichki ishlar organlarining tarmoq OAV veb-resurslari, nashriyot, televizion va studiya faoliyatini rivojlantirish | ||||
|
6. |
Quyidagilarni nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy-veb saytini takomillashtirish: ichki ishlar organlari faoliyati sohasini yoʻnaltiruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bazasini tizimli yangilash; ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuzaga kelgan vaziyat va ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar boʻyicha chiqishlarini joylashtirish; fuqarolarni �uquqbuzarliklar profilaktikasi, qidiruvda boʻlgan jinoyatchilar va bedarak yoʻqolgan shaxslarni topishda faol yordam berishga daʼvat etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash — 2017-yil 10-dekabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga koʻra |
IIV (Ergashev R.), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov Sh.) |
|
7. |
Ichki ishlar organlari sohasida reklama tusidagi materiallarni “Postda” va “Na postu” gazetalarida belgilangan tartibda joylashtirish imkoniyatlarini belgilash (tenderlarni oʻtkazish, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi vositalarni oʻrnatish va boshqalar). |
Ichki ishlar vazirining farmoyishi |
2017-yil 17-dekabr |
IIV (Ergashev R.) |
|
8. |
Ichki ishlar organlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida chiqqan materiallarni monitoring va tahlil qilib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, notoʻgʻri maʼlumot va ichki ishlar organlari nufuziga putur yetkazuvchi materiallarni aniqlash va zudlik bilan munosabat bildirish (rad etish). |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-dekabr |
IIV (Bobojonov P.) |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytida xabarlarning tezkor yoritilishini rivojlantirish uchun “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shit” jurnallari veb-boʻlimlarini; xabarlarning tezkor yoritilishini rivojlantirish uchun mobil ilovani va foydalanuvchilar yetakchi kontentini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish. |
Texnik topshiriq |
Tasdiqlash — 2017-yil 25-dekabr, amalga oshirish — texnik topshiriqqa koʻra |
IIV (Ergashev R.), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov Sh.) |
|
III. Ichki ishlar organlarining matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish, uning kadrlar va professional salohiyatini mustahkamlash | ||||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xodimlari (ishchilari)ning funksional vazifalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining axborot kuzatuvi samarasini oshirish muhimligini inobatga olgan holda ularning faoliyatini monitoring qilish va baholash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 15-noyabr |
IIV (Mirzayev A.) |
|
11. |
Ichki ishlar organlari matbuo� guruhlari rahbarlari bir vaqtning oʻzida sohaviy xizmat va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining matbuot kotibi hisoblanishini nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati shtat jadvalini tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 30-noyabr |
IIV (Mirzayev A.) |
|
12. |
Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarini jurnalistika, filologiya va yurisprudensiya sohalari malakali mutaxassislari bilan taʼminlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash — 2017-yil 30-noyabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga koʻra |
IIV (Mirzayev A.), MTRK (Xadjayev A.), EOAVMA (Abduxalikov F.) |
|
13. |
Ichki ishlar organlari matbuot xizmati xodimlarining (ishchilarining) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan chet el safariga chiqqan delegatsiya tarkibida Respublika ommaviy axborot vositalarida tashrif natijalarini keng qamrovli va obyektiv yoritishni tartibga keltirish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 10-dekabr |
IIV (Bobojonov P.) |
|
14. |
Har yili oʻtkaziladigan “Ichki ishlar organlari matbuot xizmatining eng faol xodimi” tanlovini taʼsis etish, oʻz ishida yuqori natijalarga erishgan matbuot xizmati xodimlari (ishchilari)ni ragʻbatlantirish, shuningdek, targʻibot-tashviqot faoliyatida faol ishtirok etayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-dekabr |
IIV (Mirzayev A.) |
|
15. |
Respublika ixtisoslashgan oʻquv muassasalari bazasida ichki ishlar organlari matbuot xizmatlari jurnalist va texnik xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirish tizimini joriy etish. |
Qoʻshma qaror |
2017-yil 15-dekabr |
IIV (Mirzayev A.), Oliy taʼlim vazirligi (Nabiyev D.), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish | ||||
|
16. |
Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarining respublika va hududiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror |
2018-yil 5-yanvar |
IIV (Bobojonov P.), OʻzMAA (Tangriyev L.), MTRK (Xadjayev A.), EOAVMA (Abduxalikov F.) |
|
17. |
Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarining jurnalist kadrlarini shakllantirish, bunda ichki ishlar organlari axborot kuzatuvi doirasida faoliyat yuritayotganligini inobatga olgan holda muayyan ommaviy axborot vositalari bilan aloqa oʻrnatish. |
Qoʻshma qaror |
2018-yil 10-yanvar |
IIV (Bobojonov P.), OʻzMAA (Tangriyev L.), MTRK (Xadjayev A.), EOAVMA (Abduxalikov F.) |
|
18. |
Ichki ishlar organlari matbuot xizmati bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi teleradiokanallari va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat teleradiokanallari oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish. |
Qoʻshma reja |
Tasdiqlash — 2018-yil 10-yanvar, amalga oshirish — tadbirlar rejasiga muvofiq |
IIV (Bobojonov P.), MTRK (Xadjayev A.), EOAVMA (Abduxalikov F.) |
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi media-markazi bazasida Matbuot klubi faoliyatini tashkil etish. |
Tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash — 2018-yil 10-yanvar, amalga oshirish — tadbirlar rejasiga muvofiq |
IIV (Bobojonov P.) |
|
V. Ichki ishlar organlari matbuot xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, uning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish | ||||
|
20. |
Faoliyat yoʻnalishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash maqsadida uni joylashtirish, sharoit yaratish va boshqa tashkiliy masalalarini hal etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash — 2017-yil 20-noyabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga muvofiq |
IIV (Ergashev R.) |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasini avtotransport vositalari, jumladan, avtobus, mediamarkazning tasvirga olish ishlarini samarali tashkil etish, ichki ishlar organlarida oʻtkaziladigan tadbirlar, uchrashuvlar va chiqishlarda joylarga jadal yetib borish uchun barcha zarur vositalar bilan taʼminlash. |
Ichki ishlar vazirining farmoyishi |
2017-yil 1-dekabr |
IIV (Ergashev R.) |
|
22. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatini zamonaviy televizion, bosma va boshqa zarur texnik vositalar bilan taʼminlash dasturi loyihasini moliyalashtirish aniq manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-yil 15-dekabr |
IIV (Ergashev R.), Moliya vazirligi (Tursunov Y.) |
3-ILOVA