O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining 1-son pansionati hududidagi obodonlashtirish obyektlarining zarur tarzda saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini, noyob manzarali, ignabargli daraxtlar va butalarning saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-oktabr,
885-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-oktabrdagi 885-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Izohlar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
* “Do‘rmon” milliy bog‘i direksiyasining tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasining “Do‘rmon” milliy bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga muvofiq belgilangan.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 09/17/885/0197-son)