24.10.2017 yildagi 872-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sovplastital” MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shakllantirishni davom ettirish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sovplastital” AJ tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va qayta tiklash boʻyicha yetarli choralar koʻrilmaganligi natijasida bugungi kunda korxona quvvatlaridan 5 foizga foydalanilayotganligi, ishlab chiqarish maydonlarining juda kam qismidan foydalanilayotganligi, xaridorgir eksportbop va importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish oʻzlashtirilmaganligi, oxirgi oʻn yilda korxonada ish oʻrinlari soni 6 barobarga kamayganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2017-yil 31-maydagi 10-1704/14493-son ish boʻyicha qarori bilan “Sovplastital” QK ustav kapitalidagi 96,67 foiz miqdoridagi ulushga davlatning mulk huquqi eʼtirof etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislarning 2017-yil 19-avgustdagi qarori bilan “Sovplastital” QK “Sovplastital” MChJga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Sovplastital” MChJning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sovplastital” MChJning 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha Toshkent shahar, Bunyodkor koʻchasi, 29-uyda joylashgan “2-son ishlab chiqarish va omborxona binolari” binolarini (binolarning bir qismini) va inshootlarini tutash hudud bilan birga (keyingi oʻrinlarda “obyekt” deb ataladi) obyektni berish sanasida jamiyatning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzdorligi va ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek obyektni berish natijasida yuzaga keladigan soliq hisobiga Toshkent shahri hokimligiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt negizida kichik sanoat zonasini tashkil etish maqsadida keyinchalik uni “Shilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DUKga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahri hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Chilonzor kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladigan yer uchastkalari chegaralari aniqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Shilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DUK va “Sovplastital” MChJ bilan birgalikda obyektni topshirish va qabul qilishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini va ularni amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki zaxiralarni safarbar qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek ixtisosli boʻlmagan va foydalanilmayotgan aktivlarni optimallashtirishni nazarda tutuvchi 2017-2018-yillarda “Sovplastital” MChJ quvvatlaridan foydalanishni oshirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyxatining 4-pozitsiyasiga 2-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
872-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/872/0176)