Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 24.10.2017 yildagi 867-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish va yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar neyroxirurgiya xizmatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini va uning tuzilmasini yanada takomillashtirish, jahon standartlari talablarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy davolash-diagnostika bo‘limlari va operatsiya bloklarini qurish yo‘li bilan ilg‘or jahon yutuqlari darajasida neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasining eng samarali va yuqori texnologik usullaridan respublika aholisining foydalanishini va ehtiyojini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha mintaqalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlagan holda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, neyroxirurg vrachlarning o‘z maktabini shakllantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida mamlakatda ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, ularni amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi ixtisosli xorijiy tibbiyot tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, axborotni, to‘plangan tajriba va mutaxassislarni keng almashishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) respublika aholisiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha bosh tibbiyot tashkiloti hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud tibbiyot texnikasi parkini doimiy ravishda yangilash va modernizatsiyalashni ta’minlash, Markazni zamonaviy xalqaro talablar darajasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy ta’lim muassasalari va klinikalarida tajriba orttirishni tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha o‘z ilg‘or usullarimiz va texnologiyalarimizni ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgik kasalliklarni davolash va ular diagnostikasini doimiy ravishda takomillashtirish va o‘zimizning patentlangan usullarimiz va texnologiyalarimiz xalqaro e’tirof etilishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ixtisosli tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini ular amaliyotiga joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazamlilik asosida amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, Kompleks chora-tadbirlar tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neyroxirurgiya sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi neyroxirurgiya xizmatining tashkiliy tuzilmasini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
867-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 867-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Summa

Moliyalash-tirish manbai

Mas’ul bajaruvchilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. Respublika neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish tizimida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishning turli darajalarida barcha tarkibiy bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash..

2018-yil

I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

Sog‘liqni saqlash vazirligining neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishning barcha bosqichlarida aholiga bunday yordam ko‘rsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi buyrug‘i.

2

Neyroxirurgiya sohasida davolash-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari va texnologiyalarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning standartlarini tasdiqlash.

2018-yil

II chorak

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sog‘liqni saqlash vazirligining neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i, shuningdek, neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari uchun klinik protokollar.

Aholiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish, bemorlar hayoti sifatini yaxshilash.

3

Neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning yangi zamonaviy yuqori texnologik usullarini joriy etishni hisobga olgan holda neyroxirurgiya xizmati tibbiyot tashkilotlari uchun yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

2018-yil

II chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va shu jumladan, yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etishni hisobga olgan holda yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

4

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan va ularning asoratini boshdan kechirayotgan bemorlarning yagona elektron bazasini yaratish.

2018-2019
yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-tirish vazirligi

Davolash va dinamik kuzatishga ehtiyoj sezuvchi aniqlangan neyroxirurgik patologiyali bemorlarning yagona elektron bazasini ishlab chiqish.

II. Neyroxirurgiya xizmati davlat tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

5

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosining qurilishi bitkazilmagan blokini rekonstruksiya qilish, keyinchalik unda poliklinika-diagnostika bo‘limini joylashtirish.

2017-2018
yillar

2017-yil

2018-yil

5,2 mlrd so‘m

shu jumladan:

3,0 mlrd so‘m

2,2 mlrd so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi)

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimligi

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash va yangilash.

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish shart-shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish.

6

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bug‘ qozonini qurish, unda yangi isitish uskunasini o‘rnatish.

2018-yil

2,0 mlrd so‘m

Jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Isitish uskunasini xarid qilish va o‘rnatish.

Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish shartlarini yaxshilash va sifatini oshirish.

7

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarini va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining neyroxirurgiya bo‘limlarini, shu jumladan, bolalar bo‘limlarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash.

2019 — 2022-yillar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

28,0 mln
AQSh dollari

shu jumladan:

3,0 mln
AQSh dollari

5,0 mln
AQSh dollari

10,0 mln
AQSh dollari

10,0 mln
AQSh dollari

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalaridan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va hajmlarini oshirish.

8

Aholiga neyroxirugiya yordami ko‘rsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlarini neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni operatsiya qilish va davolashda foydalaniladigan tibbiy buyumlar bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

15 mln
AQSh dollari

Jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga neyroxirugiya yordami ko‘rsatuvchi davlat tibbiyot tashkilotlari orasida tibbiy buyumlarni taqsimlash bo‘yicha buyrug‘i. Tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni 11 foizdan 90 foizgacha ko‘paytirish.

Davolashning barcha bosqichlarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash samaradorligi va sifatini oshirish. Bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash va uzoq umr ko‘rishishiga erishish.

III. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yetakchi xalqaro tibbiyot markazlari bilan keng hamkorlik qilish

9

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida neyroxirurgiya va neyroxirurglar uchun malaka oshirish kurslari bo‘yicha klinik ordinatura tashkil etish yo‘li bilan neyroxirurgiya xizmatining kadrlar salohiyatini (har yili 114 nafar vrach) yanada mustahkamlash, shuningdek, xirurg ixtisosligidagi vrachlarni neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash.

2017 — 2021-yillar

526,7
mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Neyroxirurglarning malakasini oshirish va xirurg ixtisosligi vrachlarini neyroxirurg vrachlar etib qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Neyroxirurgiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturaning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

10

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda ular filiallari vrachlarining xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “neyroxirurgiya” va “intervension neyroradiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli malaka oshirish kurslaridan o‘tishi.

2017 — 2021-yillar

80,0 ming
AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Yetakchi xorijiy klinikalar va markazlar bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlar bo‘yicha mutaxassislarni ularga yuborish.

Neyroxirurgiya xizmatini tashkil etish, neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish masalalarida xalqaro tajribani o‘rganish.

11

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (har yili 40 nafar tibbiyot hamshirasi, neyroxirurgiya bo‘limlarining 5 nafar laboranti) va respublika o‘rta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi negizida har yili neyroxirurgiya bo‘limlari tibbiyot hamshiralari va laborantlarining malakasini oshirish.

2017 — 2021-yillar

160,9mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

Respublika o‘rta tibbiyot xodimlari malakasin oshirish markazi.

Ta’limning modul tamoyiliga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Neyroxirurgiya bo‘limlari uchun yuqori malakali tibbiyot hamshiralari va laborantlar tayyorlash.

12

Aholiga amaliy tibbiy yordam ko‘rsatgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining respublika mintaqalarida neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar diagnostikasi va ularni davolashning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha neyroxirurg vrachlar uchun mahorat darslarini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Mahorat darslari dasturlarini ishlab chiqish va yangilarini tasdiqlash.

Mintaqaviy darajada neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha neyroxirurg vrachlarning bilimlarini va malakasini hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish.

13

Yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalari bilan sheriklikni mustahkamlash yo‘li bilan ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy neyroxirurgiya amaliyotiga joriy etish. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi neyroxirurgiya klinikalari mutaxassislari ishtirokida neyroxirurgiya bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish.

2017 —2021-yillar

Bajaruvchilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

O‘zbekiston neyroxirurg vrachlar assotsiatsiyasi

Yetakchi xorijiy institutlar va klinikalar bilan shartnomalar tuzish.

Jahon tajribasidan foydalangan holda neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini joriy etish.

IV. Neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sifatini oshirish

14

Rejali neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishning 3-darajali tizimini tashkil etish, operatsiya qilishning murakkabligiga qarab mijozlarni ushbu darajalar o‘rtasida qayta taqsimlash.

2017 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i.

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanish va malakali neyroxirurgiya yordami olishning barcha bosqichlarida aholining ulardan foydalanishini yaxshilash imkonini beruvchi darajali tizimni joriy etish.

15

Respublikaning davlat tibbiyot tashkilotlarida neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash skriningini joriy etish.

2019 —2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahri hokimliklari

Skrining tizimini optimallashtirish va neyroxirurgik kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini vrachlari uchun mavzuli seminarlar o‘tkazish. Yuqori malakali tibbiy yordam bergan holda kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida respublika aholisi orasida neyroxirurgik kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lgan guruhni aniqlash.

16

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarining viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida neyroxirurgiya bo‘limlarini (15 o‘rinli) tashkil etish.

2018 — 2021-yillar

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Jizzax,

Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari

Bolalarning malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishini yaxshilash.

17

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida asab tizimining yurak-qon tomir patologiyasi bo‘limini tashkil etish yo‘li bilan insultlar profilaktikasi, barvaqt tashxis qo‘yish va davolashni takomillashtirish.

2018-yil

Bajaruvchining mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Bosh miya tomir patologiyasi bilan og‘rigan mijozlar diagnostikasini optimallashtirish, davolashni yaxshilash. Aholiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish, mijozlar hayoti sifatini yaxshilash.

18

Ambulatoriyada davolanadigan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarning vrach qabuliga yozilishining elektron tizimini yaratish.

2018-2019-yillar

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bemorlarning vrach qabuliga yozilishining yagona elektron tizimini yaratish yo‘li bilan neyroxirurgik kasalliklarga chalingan bemorlarga maslahat berishni optimallashtirish.

19

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bosh miyaning tomir kasalliklariga chalingan bemorlarni davolashning endovaskulyar usullarini joriy etish.

2019 — 2021-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Respublika ixtisoslash-tirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Bosh miya tomir patologiyasi bilan og‘rigan mijozlar diagnostikasini, davolashni optimallashtirishni yaxshilash.

20

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasida tumanlararo neyroxirurgiya bo‘limini tashkil etish.

2018-yil

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliyavazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Respublikaning chekka tumanlarida malakali neyroxirurgiya yordamidan foydalanishni oshirish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kompleks chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirishga jami sarf-xarajatlar:

7,88 mlrd so‘m va 43,08 mln AQSh dollari

ulardan:

mlrd so‘m

mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

0,69

0,08

davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari

7,19

15,00

xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlari

28,00

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Moliyalashtirishning uzil-kesil hajmlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin aniqlanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 09/17/867/0170-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)