23.10.2017 yildagi 864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmonining ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga binoan Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qoʻshimcha kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xodimlarini va tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari xodimlarini elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibotlariga tizimli ravishda oʻqitishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali olish elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining pasportini unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning dolzarbligini doimiy ravishda taʼminlagan holda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
864-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 864-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOʻSHIMCHA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 17-pozitsiya qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

17.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatini berish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/864/0160)