19.10.2017 yildagi 852-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament xodimlarining shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentni yuklangan vazifalarning yuqori tashkiliy va professional darajada bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan butlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Departament Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent koʻchasi, 92-uy manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Departament hududiy boʻlinmalari tegishli tuman (shahar) hokimliklari binolarida joylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga turistik yoʻnalishlar va asosiy yoʻl yoqalarida yoʻlboʻyi turistik infratuzilma obyektlari qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan, keyinchalik ular tarkibida axborot markazlarini bepul joylashtirish sharti bilan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departamentga 4 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 1 ta yengil va 3 ta maxsus (yoʻltanlamas) avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda yoʻlboʻyi turistik infratuzilma obyektlariga qoʻyiladigan hamda turistlar uchun barcha zarur qulayliklar majburiy boʻlishini nazarda tutadigan namunaviy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Babayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
852-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2017-y., 09/17/852/0147-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)