1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Ma’muriy-hududiy bo‘linish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Ma’muriy-hududiy tuzilish;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yanada jadallashtirish, ayniqsa shaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish va ularning mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek shahar va tumanlar aholisining farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.02.00 Davlat hududiy tuzilishi va o‘zgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi To‘ytepa shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shahar turkumiga kiritish hamda uni Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi To‘ytepa shahri negizida viloyat bo‘ysunuvidagi shahar turkumiga kiradigan To‘ytepa shahrini tuzish va uni Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, zamonaviy tejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumani hokimliklarining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ko‘maklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishliligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tarkibida 4 ta shtat birligidan iborat Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari bo‘yicha shu’ba tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va ularning ro‘yxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatga kiritilgan har bir qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni bo‘yicha undan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan yangi loyihalar doirasida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hamda kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirmagan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda komissiya reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga qo‘shimcha 5 ta shtat birligi ajratilsin hamda 35 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga qo‘shimcha ajratilayotgan 5 ta hamda tashkil etilayotgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 35 ta shtat birligi moliya, soliq va iqtisodiyot organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti ikki tomonlama — viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta ko‘rib chiqsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari va uning kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi va nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Parkent” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3142-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aripov A.N.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, respublika komissiyasi raisi
Azimov M.B.
—
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari
Gulyamov R.A.
—
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari
Babayev Sh.X.
—
Toshkent viloyati hokimi
Saidova G.K.
—
Iqtisodiyot vaziri
Begalov B.A.
—
Davlat statistika qo‘mitasi raisi
Zakirov B.I.
—
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi
Abdullayev A.X.
—
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
Abduraxmanov M.S.
—
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari
Jo‘rayev N.S.
—
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari
Raimov B.Ya.
—
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Yuldashev A.A.
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Xadjizadayev Sh.R.
—
Markaziy bank raisining o‘rinbosari
Jasimov I.K.
—
Savdo-sanoat palatasi ra�sining birinchi o‘rinbosari
Aripov J.A.
—
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari
Aminov R.A.
—
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, respublika komissiyasi kotibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim
Yordamchi — 1
Hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Hokimning shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmi rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Hokimning kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i
Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari
Hokim o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i
Tashkiliy-nazorat guruhi:
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
5
Kotibiyat:
mudir — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
4
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
3
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 2
1-toifali mutaxassis — 1
6
Kotibiyat:
mudir — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
1-toifali mutaxassis — 1
4
Kotibiyat:
mudir — 1
1
Kotibiyat:
bosh mutaxassis — 1
1
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 1
yetakchi mutaxassis — 1
3
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi
4
Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati
2
Yuridik xizmat:
boshliq — 1
bosh yuriskonsult — 1
2
Axborot-
tahlil guruhi:
rahbar — 1
bosh mutaxassis — 2
yetakchi mutaxassis — 3
6
Ishlar boshqarmasi
7
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 691-modda; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)