Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-oktabr,
847-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organi xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga va” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son va “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son farmonlariga, shuningdek,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar:
Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”;
g) 1-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida Nizom”
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tatbiq etiladi.”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sudya, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimi tijorat bankidan ipoteka krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida sudyaning, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda sudyaning, prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimining hisob raqami deb ataladi) boʻlishi kerak.”;
II bob nomida “dastlabki badalni” soʻzlaridan oldin “sudyalarning” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi II1-bob qoʻshilsin:
“II1 bob. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining dastlabki badalni olishi, uni berish va qaytarish tartibi
191. Dastlabki badal davlat soliq xizmati organlari xodimining hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kiritilishi mumkin.
192. Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga dastlabki badalni toʻlash uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan ajratish maqsadida ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida tegishli komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda DSQ komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
193. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimi ish joyi boʻyicha hududiy komissiyalarga, Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari esa DSQ komissiyasiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimi qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat soliq xizmati organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki davlat soliq xizmati organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
davlat soliq xizmati organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
davlat soliq xizmati organlari xodimini tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorning nusxasi.
194. Ariza va ushbu Nizomning 193-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin hududiy komissiya oʻn kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya ikki kun muddatda ushbu qarorni (zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) DSQ komissiyasiga yuboradi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda hududiy komissiya bir kun muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimini rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
195. DSQ komissiyasi bir hafta muddatda hududiy komissiya qarori va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ikki nusxada bayonnoma tuzadi. Bayonnomaning har ikki nusxasi DSQ komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda DSQ komissiyasi ikki kun muddatda bayonnomaning bir nusxasini Davlat soliq qoʻmitasi Hayʼati (keyingi oʻrinlarda DSQ Hayʼati deb ataladi) qarori loyihasini tayyorlash uchun Davlat soliq qoʻmitasi raisiga kiritadi.
Mablagʻ ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bir kun muddatda hududiy komissiya rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
196. DSQ Hayʼati qarori tasdiqlangandan keyin ikki kun muddatda DSQ komissiyasi bu haqda hududiy komissiyani yozma ravishda xabardor qiladi va davlat soliq xizmati organlari xodimi bilan qarz shartnomasini tuzadi.
Qarz garov taʼminoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam boʻlishi mumkin emas.
197. Dastlabki badalni toʻlash davlat soliq xizmati organlari xodimi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasini tuzgandan keyin xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki badal uchun ajratiladigan summa yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridan oshmasligi kerak.
198. Davlat soliq xizmati organlari xodimi tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va boshqa daromadlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish;
naqd pul topshirish;
davlat soliq xizmati organlari xodimining tijorat banklaridagi omonatlar boʻyicha hisob raqamlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish.
Bunda qarz boʻyicha qarz mablagʻlari qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.”.
31-banddagi “sudya” soʻzidan keyin “va davlat soliq xizmati organlari xodimi” soʻzlari qoʻshilsin;
d) 2-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq sudyalarga, prokuratura va organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi) prokuratura hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga tatbiq etiladi.”;
4-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat soliq xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.”;
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga bola ikki yoshga toʻlgungacha uni parvarish qilish uchun taʼtil berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi taʼtilning butun davriga, biroq prokuratura organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.”;
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Nizomga muvofiq davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)