18.10.2017 yildagi 846-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq, sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari, Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari hamda Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
846-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari (keyingi o‘rinlarda Akademiya a’zolari deb ataladi) va ularning kuzatuvchilari salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish va kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibini, shu jumladan ularni sog‘lomlashtirish shart-sharoitlari va muddatlarini, yo‘llanmalarni ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq, Akademiya a’zolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga yiliga bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi sifatida birinchi navbatda Akademiya a’zolarining yaqin qarindoshlari bo‘lishi mumkin. Agar yaqin qarindoshlari bo‘lmasa, sog‘lomlashtirish kursidan o‘tuvchi Akademiya a’zosi tomonidan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) bilan kelishilgan holda taklif etilgan shaxs kuzatuvchi bo‘lishi mumkin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilarini sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslari sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursini Akademiya a’zolari tomonidan o‘zlariga maqbul bo‘lgan muddatlarni ko‘rsatgan holda berilgan arizalarga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq o‘taydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yo‘llanmalar olish uchun murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya a’zolari keyingi yilga sanatoriyga yo‘llanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zoligini yoki muxbir a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Yo‘llanmalar so‘rab yozilgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari”da ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yo‘llanma unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya a’zolari salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Markazga murojaat qilib, yo‘llanma muddatini yil yakuniga qadar o‘zgartirishlari mumkin. Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz salomatlikni tiklash muddati ko‘rsatilgan holda ariza bergan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatni olgandan keyin uni besh ish kuni mobaynida Akademiya a’zolarining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tibbiyot muassasalariga yetkazadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiyot muassasalari taqdim etilgan ro‘yxatlar bo‘yicha bir oy muddatda Akademiya a’zolarini bepul dispanserizatsiyadan o‘tkazadilar va uning natijalariga ko‘ra sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishini aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya a’zolarini dispanserizatsiyadan o‘tkazish natijalari asosida uning tibbiy kartasida sanatoriyda sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi va zid ko‘rsatmalar (ular mavjud bo‘lganda) ko‘rsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tibbiy kartadagi yozuv asosida tibbiyot muassasasi Akademiya a’zolariga belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yo‘llanma olish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda, Akademiya a’zolarining salomatligida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan o‘tgan Akademiya a’zolarining sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini va sanatoriylar nomlarini ko‘rsatgan holda tuzilgan ro‘yxatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh ish kuni mobaynida ro‘yxatni Markazga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yo‘llanmalarni taqsimlash va ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiyot muassasasi rahbari Akademiya a’zolarini dispanserizatsiyadan o‘tkazishning belgilangan muddatlarida ta’minlanishi, shuningdek, tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sog‘lomlashtirishning zarur yo‘nalishi to‘g‘risidagi yozuvlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ro‘yxat asosida har bir sanatoriy bo‘yicha kelgusi yil uchun yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz yo‘llanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan so‘ng uni o‘n ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi, yo‘llanmalarni rasmiylashtiradi va ularni Akademiya a’zolariga yetkazilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda, yil mobaynida yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga asosli sabablardan (tibbiy ko‘rsatma, rad etilishi va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda, o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirishlar Markaz tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaz har oyning 30-sanasiga qadar sanatoriylar tomonidan o‘rinlar ajratishi uchun tuzatishlar kiritilgan parametrlarni sanatoriylarga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yo‘llanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda va Akademiya a’zosi uchun yo‘llanma” so‘zlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘llanmalar reyestrini yuritadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz yo‘llanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan Akademiya a’zolarini sog‘lomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sanatoriylar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslarini qabul qilinishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sanatoriylar rahbarlari tuzilgan shartnomalar shartlari to‘liq bajarilishiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati uchun shaxsan mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sanatoriylarga yo‘llanmalarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilari salomatligini mustahkamlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xarajatlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan smetasida yo‘llanmalar uchun to‘lovga har yili maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sanatoriylar har oyning 5-kunigacha o‘tgan oyda Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslari amalda foydalangan yo‘llanmalardan kelib chiqib, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va o‘zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomalarini Markazga taqdim etib, hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Sanatoriylarda yashash va sog‘lomlashtirish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan Akademiya a’zosi foydalanishi mumkin. Yo‘llanmaning boshqa shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talab kuzatuvchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sanatoriyga kelgan Akademiya a’zolarida pasport, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va yo‘llanma bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilariga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilari sanatoriylardagi mavjud qo‘shimcha xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilari sanatoriyning davolovchi shifokori tomonidan tayinlagan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi navbatda ta’minlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davolanishga kelgan Akademiya a’zosi hamda uning kuzatuvchisiga sanatoriy tomonidan yo‘llanmaning qaytish taloni Markazga topshirish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘llanmaning qaytish talonida tegishli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda bo‘lgan vaqti ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Akademiya a’zolariga sog‘lomlashtirish uchun berilgan yo‘llanmalarga muvofiq sanatoriylarda joy ajratilishi yuzasidan sanatoriylar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Akademiya a’zolari hamda ularning kuzatuvchilariga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yo‘llanmalar bo‘yicha hisob-kitoblar va ularning nazorati Markaz tomonidan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Markaz sanatoriy yo‘llanmalarining o‘z vaqtida va maqsadli berilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini hamda ularning kuzatuvchilarini sanatoriylarga yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Bosh direktoriga

‎‎‎‎______________________________________ _____________________________ da yashovchi

‎‎_________‎‎_________________________dan (ariza beruvchining F.I.Sh.)

‎‎ARIZA

‎‎‎‎‎‎Menga ______ yil ___________________oyiga ______________________________________________ sanatoriysiga

‎‎‎‎‎(sanatoriyning nomi)‎‎

‎‎yo‘llanma ajratishingizni so‘rayman.
‎‎‎‎Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
‎‎‎‎pasport nusxasi;
‎‎‎‎sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zoligini (muxbir a’zoligini)
‎‎tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
‎‎‎‎kuzatib borayotgan shaxs pasportining nusxasi.
‎‎‎‎Boshqa hujjatlar:
‎‎_________‎‎_______________________________________________________________________________________
‎‎‎‎Murojaat qiluvchining imzosi:______________________
‎‎‎‎Sana: 20___ yil “___” ____________________

‎‎Arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi

________________________________________________‎‎(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.Sh., lavozimi)

‎‎Sana: 20__ yil “___” ____________________‎___
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘llanma so‘rab yozilgan arizalarni ro‘yxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi, muxbir a’zosi

va ularni kuzatuvchi

shaxsning F.I.Sh.

Doimiy

yashash yoki vaqtincha turgan

joyi

Tibbiy

ma’lumotnomaning tartib

raqami va

sanasi,

shuningdek

tibbiy ma’lumotnomani

bergan

muassasaning

nomi

Tibbiy

ma’lumotnomada

ko‘rsatilgan

sanatoriyning nomi

Sanatoriyning nomi,

yo‘llanmaning tartib

raqami,

muddati

Yo‘llanmani

bergan

mas’ul

xodimning

F.I.Sh. va

imzosi

Yo‘llan-

mani olgan

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi yoki muxbir a’zosining

imzosi

Sanatoriyga

kelish

kuni

Sanatoriydan

ketish

kuni

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/846/0141-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)