10.05.2017 yildagi PQ-2962-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda moliyalashtirishni ta’minlash, shuningdek, “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasi doirasida obyektlarni qurish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2607-son qarorini ijro etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paritet asosida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Natural Gaz — Stream” korxonasi (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) tuzildi hamda 300 ming AQSH dollari miqdorida birlamchi ustav fondi shakllantirildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” loyihasining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) dastlabki texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma korxonaning ustav fondini oshirish uchun O‘zbekiston tomonining hissasi sifatida qo‘shma korxonaga beriladigan mulk va avvalgi xarajatlar baholandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma korxona tomonidan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” (BAA) kompaniyasi bilan “tayyor holda topshirish” shartlarida loyihalashtirish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, obyektni qurish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Natural Gaz-Stream” MCHJ ta’sischilarining qo‘shma korxonaning ustav jamg‘armasini 60,6 mln AQSH dollari, shu jumladan 30,3 mln AQSH dollari miqdorida — baholash va xorijiy investor tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni tegishli ravishda kiritish natijalari bo‘yicha mulk hamda avvalgi xarajatlar ko‘rinishidagi O‘zbekiston tomonining ulushi hisobidan oshirish taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekneftgaz” MXK xorijiy investor bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihani amalga oshirish uchun “Gazprombank” AJ kreditlari va qarzlarini jalb qilish shartlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekneftgaz” MXK va xorijiy investorlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida qazib olinadigan tabiiy gazning barcha hajmini eksportga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shma korxona va “O‘ztransgaz” AJ o‘rtasida loyiha doirasida qazib olinadigan tabiiy gazni eksportga sotish bo‘yicha 10 yil muddatga uzoq muddatli hadli shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan qarzlarni va ular bo‘yicha foizlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar, kreditlar va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni teng miqdorda to‘lagan holda asosiy qarzni to‘liq so‘ndirgunga qadar bo‘lgan davrda, yangi qurilishlar, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga jalb qilinadigan valyuta kreditlari bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larga preferensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2598-son Farmonining amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandiga doir qismida — uglevodorod konlarini izlash va razvedka qilishni amalga oshiradigan qo‘shma korxonaga, shuningdek, uning tomonidan jalb qilinadigan xorijiy pudrat va subpudrat tashkilotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandiga doir qismida — uglevodorod konlarini izlash va razvedka qilish uchun qo‘shma korxonaga materiallar yetkazib berish, ishlarni olib borish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslarga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2607-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2962-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PQ-2962-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2607-son qarorining rus tilidagi matniga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-banddagi “do 1-iyulya 2017 goda” so‘zlari “do 1-sentabrya 2017 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 10-banddagi “Sechankul, Akdjar, Chimbay” so‘zlaridan keyin “Akchalak, Chandir” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.