15.07.2004 yildagi 335-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2006
 LexUZ sharhi
Shu bilan birga, o‘quv va tarbiya jarayoniga o‘qituvchilarning shaxsiy ulushini xolisona baholash masalasi nihoyatda murakkab ekanligini hisobga olgan holda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturida oldinga qo‘yilgan vazifalarni hal etish yuzasidan o‘qituvchilar va metodistlar mehnatini baholash mexanizmini va mezonlarini ishlab chiqish ishlarini yanada davom ettirish muhim ahamiyatga egadir.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21 maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq umumta’lim muassasalarining talantli, o‘z ishiga sadoqatli o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lashning ularning o‘quv va tarbiya jarayoniga qo‘shgan shaxsiy hissasi bilan bevosita o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash yo‘li bilan o‘quv-tarbiya ishlarining natijadorligi va sifatini oshirish, shuningdek o‘qituvchilarning kasbiy va malaka darajasini oshirishning rag‘batlantirilishini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ustamalar ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.