1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, shu jumladan chegarachilarning (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlikkoʻrishlari uchun tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha fan yoʻnalishlarini aniqlash (har bir harbiy qismda 5 ta fandan koʻp boʻlmagan tarzda). |
1. Harbiy qismlarda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish hamda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun tashkil etiladigan mashgʻulotlar boʻyicha fan yoʻnalishlarini aniqlash (har bir harbiy qismda 5 ta fandan koʻp boʻlmagan tarzda). 2. Harbiy xizmatchilar bilan suhbat davomida aniqlangan maʼlumotlarni umumlashtirish hamda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalariga yetkazish. |
Har yili
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar |
|
2. |
Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun may-dekabr oylarida jami 190 soatli mashgʻulotlar oʻtkazish dasturini ishlab chiqish (har bir fandan 50 soatdan oshmagan tarzda). |
1. Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha fan yoʻnalishlarini (har bir harbiy qismda 4-5 ta fan hamda 50 soatli dars hajmidan koʻp boʻlmagan tarzda) aniqlash. 2. Har bir harbiy qismga yaqin joylashgan taʼlim muassasasini biriktirish hamda har bir fandan mashgʻulot oʻtkazuvchi taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini tayinlash. |
Har yili
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar |
|
3. |
Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun mashgʻulotlar oʻtkazish reja-jadvalini tuzish. |
1. Har bir fandan mashgʻulotlar oʻtkazish kunlari va vaqtlarini aniqlashtirish. 2. Harbiy qismlarda mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etish boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash. 3. Har bir harbiy qismda mashgʻulotlar oʻtkazish jadvalini tuzish va uni umumlashtirish uchun hududiy Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim boshqarmalariga yetkazish. |
Har yili Har yili 20-aprelgacha Har yili 20-aprelgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar |
|
4. |
Harbiy xizmatchilarning bilimlarini oshirish, fanlardan bilimlarini mustahkamlash hamda seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun harbiy qismlar kutubxonalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash. |
1. Mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha harbiy xizmatchilarga daftar va oʻquv qurollarini yetkazib berish. 2. Harbiy qismlarga fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻquv adabiyotlari va darsliklar sonini aniqlash. 3. Fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oʻquv adabiyotlari va darsliklar soni boʻyicha buyurtma berish. |
Har yili |
Harbiy qismlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari hamda harbiy qismlar oʻrtasida fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha shartnomalar tuzish. |
1. Har bir harbiy qismga mashgʻulotlar oʻtkazilishi lozim boʻlgan guruhlar (20 — 100 nafar tinglovchilar) va oʻqituvchilar soni koʻrsatilgan buyurtmalar tayyorlash. 2. Mashgʻulotlar oʻtkazilishi boʻyicha oʻquv koʻrgazma vositalari, prezentatsiya va adabiyotlarni tayyorlash. 3. Oʻqituvchilarni mashgʻulotlar joyiga kelib-ketishi uchun ajratiladigan avtotransport haqida maʼlumotlar tayyorlash va masʼullarga yetkazish. |
Har yili |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar |
|
6. |
Taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan bevosita foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasalari tarmoqlariga ulash va axborot olish imkoniyatini yaratish. |
1. Harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasasi tarmoqlariga ulash va axborot olish imkoniyatini yaratish boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Axborot resurs markazlari imkoniyatlaridan bevosita foydalanish uchun harbiy qism kutubxonalarini taʼlim muassasasi tarmoqlariga ulash. |
1-oktabrga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, harbiy qismlar |
|
7. |
Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha tanlovlar tashkil etish. |
1. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha tanlov oʻtkazish nizomini ishlab chiqish. 2. Mashgʻulotlar yakunida yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov nizomini qoʻshma qaror bilan tasdiqlash. |
1-noyabrga qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mudofaa vazirligi |
|
8. |
Harbiy xizmatchilarni oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanoma topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanoma topshirish nizomini qayta koʻrib chiqish va qoʻshimchalar kiritish uchun ishchi guruh tuzish. 2. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun beriladigan tavsiyanomani topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2017-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi |
|
9. |
Harbiy qismlarda fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarning taniqli vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish tizimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ushbu tadbirlarning oʻtkazib borilishini taʼminlash. |
1. Harbiy qismlarda tadbirlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish hamda uni Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinma raisiga yetkazish. 2. Rejalashtirilgan tadbirlarning Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmalari orqali tizimli ravishda amalga oshirilishini taʼminlash. |
Har chorakda |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibidagi mintaqaviy boʻlinma raislari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman (shahar) boʻlinmalari |
|
10. |
Harbiy xizmatchilarni hamda ularning oila aʼzolarini madaniy maskanlarga, tarixiy joylarga sayohatlarini tashkillashtirish. |
1. Tarixiy va madaniy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejasini tuzish. 2. Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasiga sayohatlar rejasini yetkazish hamda uni yuqori saviyada amalga oshirilishini taʼminlash. |
Rejaga asosan |
Harbiy qismlar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy boʻlimlari |
|
11. |
Joylarda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini harbiy xizmatchilarga toʻlaqonli tushuntirish, harbiy xizmatchilarni ushbu jarayonlarga keng jalb etish maqsadida “Vatan kelajagi sening qoʻlingda!” shiori ostida “Qoʻmondonlik va yoshlar” uchrashuvlarini tashkillashtirish. |
1. Harbiy qismlarda qoʻmondonlik ishtirokida uchrashuvlar tashkillashtirish rejasini ishlab chiqish va harbiy xizmatchilarga yetkazish. 2. Harbiy xizmatchilarni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha uchrashuv rejasini ishlab chiqish va uni qoʻmondonlikka yetkazish. 3. Uchrashuvlarga davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinma aʼzolarini taklif qilish. |
Har chorakda |
Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, garnizonlar, harbiy qismlar |
|
12. |
Harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishi uchun chuqur bilimga ega boʻlishi, shuningdek kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida qismlarda “Men sevib oʻqigan kitob” koʻrik-tanlovini oʻtkazish. |
1. “Men sevib oʻqigan kitob” koʻrik-tanlovi nizomini ishlab chiqish va uni qoʻshma qaror bilan tasdiqlash. 2. Harbiy qismlarda tanlovni tashkil qilish boʻyicha tashkiliy va ishchi guruhlarni tuzish hamda bosqichma-bosqich oʻtkazilishini taʼminlash. |
2018-yil |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, harbiy qismlar |
|
13. |
Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro hurmat, izzat, eʼtibor, gʻamxoʻrlik, yordam kabi xislatlarni mustahkamlash maqsadida harbiy qismlarda har oyda bir marotaba “Maʼnaviyat kuni”ni oʻtkazish. |
1. “Maʼnaviyat kuni” rejasini ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni sifatli va mazmunli oʻtkazish maqsadida hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yordamida mutaxassislarni taklif qilish. 3. Mavzuga oid hujjatli filmni tanlash va uning muhokamasi oʻtkazilishini taʼminlash. |
Har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni |
Harbiy qismlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
14. |
Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilardan tashkil topgan “Zakovat”, “Bilimdon” kabi intellektual klublarini tashkil etish hamda uni bosqichma-bosqich oʻtkazib borilishini tashkil etish. |
1. Harbiy qismlarda harbiy xizmatchilardan tashkil topgan “Zakovat”, “Bilimdon” intellektual klublarini tashkil etish. 2. Bosqichma-bosqich intellektual oʻyinlar oʻtkazib borilishini tashkil etish. 3. Tanlovlarning oʻtkazilish jarayoniga davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taklif etish. |
Oʻquv yili davomida |
Harbiy qismlar, Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasi |
|
15. |
Isteʼdodli va qobiliyatli harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish, turli tanlovlarda ishktirok etishini taʼminlash hamda ragʻbatlantirish, davlat mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha yuqori qoʻmondonlikka tavsiyalar kiritib borish. |
1. Isteʼdodli va qobiliyatli harbiy xizmatchilarning roʻyxatini shakllantirish va ularning amalga oshirgan ishlari monitoringini olib borish. 2. Isteʼdodli harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori qoʻmondonlikka tavsiya kiritish. |
Har chorakda |
Harbiy qismlar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va uning hududiy boʻlimlari |
2-ILOVA