10.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2934
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining qarori, 10.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2934
Kuchga kirish sanasi
11.10.2017
Hujjat 11.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2934]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyundagi 333-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-35-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A. AXMEDXADJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
03/17-1092-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo vaziri E. GʻANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/09-14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligining 2017-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-35, 03/17-1092, 2017/09-14-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi PQ-2948-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyundagi 333-son “Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — “Oʻzbekneftgaz” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlar — “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyasi, “Altmax Nolding Ltd” kompaniyasi va “Oʻzneftegazqazibchiqarish” AJ, shuningdek ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan sessionarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTB — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan 2017-yil 5-apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz mahsuloti — neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, qazib olingan, tayyorlangan, qayta ishlangan va (yoki) saqlangan hamda tegishli yetkazish joyiga texnologik yoʻqotishlarni ayirib tashlagan holda yetkazilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorod mahsulotlari va yoʻldosh mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz operatsiyalari — shartnoma maydoni va shartnomadan tashqari maydon doirasida geologiya-qidiruv ishlari bilan bogʻliq boʻlgan loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, yer qaʼrini geologik oʻrganish, shu jumladan qidiruv (baholash) quduqlarini burgʻulash, sanoat konlarini obodonlashtirish va ishlatish, qazib chiqarish, barqarorlashtirish, tayyorlash (shu jumladan tabiiy gazni tayyorlash), ajratib olish (shu jumladan, tayyor oltingugurtni olish), qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash, shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorodlar va oltingugurtni yetkazish joyiga yetkazib berish, shartnoma maydoniga nisbatan yoʻq qilish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha faoliyat, shuningdek mazkur operatsiyalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va MTBni bajarish doirasida hamda maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator — MTBda nazarda tutilgan ishlarni bajarishni tashkil qilish uchun tuzilgan “Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi — Investor va (yoki) Operator bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (kontrakt) tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, pudratchi bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar (kontraktlar) tuzilgan ikkilamchi pudratchilarni ham oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar — Investor, Operator, ularni MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun jalb qilingan pudratchilari tomonidan olib kiriladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlar, uskunalar, moddiy-texnik resurslar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek ehtiyot qismlar, jihozlar va qismlar, YOMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun loyiha va texnik hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomda alohida izoh berilmagan boshqa barcha tushunchalar ushbu tushunchalar uchun MTBda va bojxona qonunchiligida berilgan maʼnoni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) eksport mamlakatniki kabi import mamlakatning ham Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) boʻyicha kodiga shartli havolaga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIF TN boʻyicha yakuniy kod kelib tushgan tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish paytida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar TIF TN boʻyicha tovarlarning kodi dastlabki oltita belgi darajasida oʻzgarmasa shartnomalarga oʻzgartirish kiritilmagan holda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladigan tovarlar qonun hujjatlarida va MTBda belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investor va (yoki) Operator va ularning pudratchilari tomonidan olib kirilib, erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan hamda vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 21-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek vaqtincha olib kirish rejimiga joylashtirilib, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) bojxona toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investor, Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator javobgar boʻladi. Bunda pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va/yoki Operator va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) shartlariga muvofiq pudratchi javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Operator neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq bojxona omborini tashkil etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 5-bobiga muvofiq BYD quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-grafaning chap kichik boʻlmasida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-grafaning oxirgi uchta raqamiga Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga asosan “062” kodi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301 tartib raqami va “KNT” harfli kodi ostida — Operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tegishli shartnomaning (kontraktning) raqami, sanasi va qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTBning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor va (yoki) Operator va pudratchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan tovarlarga nisbatan tovarlarni chiqarib yuborish (rasmiylashtirish) muvofiqlik sertifikati va ekologik sertifikat mavjud boʻlmagan hollarda ularni keyinchalik taqdim etilishi bilan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchining arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 6-bobida belgilangan tartib va shartlarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investor, Operator yoki pudratchining erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirishning xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 11-bobi asosida Investor va (yoki) Operator yoki pudratchining arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga koʻra koʻrsatilgan muddatga Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 8-bobiga muvofiq BYD quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-grafaning chap kichik boʻlmasida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-grafaning oxirgi uchta raqamiga Tovarlarni olib oʻtish xususiyatlari tasniflagichiga asosan “062” kodi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-grafada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301 tartib raqami va “KNT” harfli kodi ostida — Operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tegishli shartnomaning (kontraktning) raqami, sanasi va qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MTBning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor va (yoki) Operator va pudratchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. MTBning butun amal qilish muddati davomida tovarlarning vaqtincha olib kirilishini BYDda koʻrsatilgan dastlabki muddatidan koʻproq muddatga uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 64-moddasiga muvofiq bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Investor, Operator va pudratchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Investor, Operator va pudratchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona organiga olib oʻtilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonun hujjatlarida belgilangan bojxona yigʻimlarni toʻlashga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) neft-gaz operatsiyalariga moʻljallangan tovarlar tasarrufdan chiqarilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini toʻlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vaqtincha olib kirish muddatlari tugaganida tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalar asosida Investor, Operator yoki pudratchilar, ikkilamchi pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Operator, zarur hollarda, Investorlarning topshirigʻiga binoan va vakolatli organning roziligi bilan kernlarning, qatlam suyuqliklari namunalarini va neft-gaz operatsiyalar jarayonida olingan axborot va maʼlumot hujjatlarini ishlov berish, tahlil qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida tegishli bojxona organlariga yozma murojaat asosida Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga/ichkarisiga olib chiqishi/kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Operator, zarur hollarda, Investorlarning topshirigʻiga binoan va vakolatli organning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga/ichkarisiga loyihaviy, texnik, hisob hujjatlari, seysmik yozuvlar maʼlumotlarining aslini va boshqa geologik maʼlumotlarni ishlov berish, tahlil etish va oʻrganish maqsadida olib chiqishi/kirishi mumkin. Operator olib chiqib ketilgan koʻrsatilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Investorlar, Operator, pudratchilar, ikkilamchi pudratchilar, yetkazib beruvchilar va boshqa shaxslarning neft-gaz operatsiyalarini MTB boʻyicha bajarish uchun jalb qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan xodimlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, har qanday maishiy buyumlarni va boshqa shaxsiy narsalarni, shu jumladan mebel, maishiy texnika va hokazolarni, ushbu xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish sharti bilan hech qanday bojxona toʻlovlarisiz (bojxona yigʻimlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bunday buyumlarga nisbatan boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxsga berish qonun hujjatlariga muvofiq bojxona toʻlovlari va soliq solinishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mulk huquqi Investordan va/yoki Operatordan Oʻzbekiston Respublikasiga yoki u tomondan vakolatli organga (tashkilotga) oʻtganda, Investor, Operator yoki pudratchi tomonidan olib kiriladigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Olib kirilgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan holda, shu jumladan, ular tasarrufdan chiqarilganda, bojxona organi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini undiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom “Uzbekneftegaz” AJ va Operator bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XK Bosh direktori A. IGNATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/2934/0082-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 08.05.2025-y., 10/25/2934-1/0423-son)