Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2021 04.10.2017 yildagi 795-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2021
Hujjat 11.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-sonli “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyoti va zamonaviy korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari talablariga muvofiq ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlarini tasniflashning normativ bazasini yanada takomillashtirish, uning oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida yangi formatsiyadagi kadrlar tayyorlash tizimi bilan oʻzaro bogʻliqligini, shuningdek kasb-hunar taʼlimi shakllari va dasturlarining turlichaligini hisobga olgan holda kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishchi kasblari boʻyicha davlat tashkilotlariga, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlarga ishga qabul qilishga, ularga bajariladigan ishlarining turiga va tarifikatsiya natijasiga koʻra kamida uchinchi malakaviy razryad beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq xodimlarning mehnat daftarchalari va tashkilotlarning mehnatga oid muayyan hujjatlaridagi 2017-yil 1-noyabrgacha amalga oshirilgan yozuvlar oʻz kuchini saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy markazlarning asoslangan takliflaridan kelib chiqib, shuningdek mehnat bozorida yangi kasblar va lavozimlar paydo boʻlishini hisobga olib Klassifikatorga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazi, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblari boʻyicha tayyorlanadigan mutaxassislarning malakasi kamida uchinchi malakaviy razryadga muvofiqligi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori muntazam ravishda muvofiqlashtirilishi va ularga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori xalqaro standart taʼlim klassifikatsiyasi (MSKO-2011)ga muvofiqlashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomalariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritsinlar va maʼlumotnomaning bir nusxasini (qogʻozda hamda elektron shaklda), maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuborsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 19-iyuldagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 48-modda) 2017-yil 1-noyabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
795-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KLASSIFIKATORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining ushbu klassifikatori (keyingi oʻrinlarda XALIKK-2017 deb ataladi) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek taʼlimning yoʻnalishi va darajasiga qoʻyiladigan talablarni aniqlash uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALIKK-2017 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori oʻrniga ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu XALIKK-2017 dan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli huquqiy shakldagi tashkilotlarning mehnat shartnomalari va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat shartnomalari boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiyaga doir imtiyozlar huquqini aniqlashda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilarning kasblari nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni koʻzlab tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni hisobga olish, tahlil qilish va uning statistikasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida axborotni qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band aholini faoliyat (mashgʻulot) turlari boʻyicha taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro darajada ijtimoiy-mehnat sohasidagi statistika maʼlumotlarini taqqoslash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Klassifikator, shuningdek, tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlari XALIKK-2017 ning tasniflash obyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu XALIKK-2017:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish yuzasidan — xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, mehnat shartnomalari tuzishda, buyruqlarni rasmiylashtirishda, xizmatchilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritishda majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga qabul qilishda xodimlar maʼlumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi), xoʻjalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlarda qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa — tavsiya xususiyatiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim yoʻnalishi yuzasidan — barcha tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. XALIKK-2017da tegishli tariflar bilan birgalikda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xizmatchi lavozimi — xodimning funksional vazifalari, lavozim huquqlari va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan uning xizmat mavqeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishchi kasbi — kasbga oʻqish yoki amaliyot natijasida egallangan jami bilimlar va koʻnikmalar bilan belgilanadigan ishchining mehnat faoliyati turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmatchilar — tashkilotda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xoʻjalik xizmatini amalga oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mutaxassislar — ishlab chiqarish va maʼmuriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat koʻrsatuvchi, hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, taʼlim beruvchi va sogʻlomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, boshqa oʻziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar. Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli boʻlishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ishchilar — mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi kerak boʻlgan materiallarga (mehnat predmetiga) taʼsir koʻrsatadigan, asosan jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini oʻzgartiradigan, mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xodimlar toifasi — xizmatchining mehnati mazmunining tavsiflari va koʻrsatkichlari tizimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlari — boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun maʼlumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini taʼminlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga boʻlinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xodimlari — tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qoʻshimcha mahsulotlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassislar ham kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik xodimlar — funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni taʼminlash ishlarini bajarish (nashr etish, koʻpaytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xoʻjalik xizmati koʻrsatish, ularni qoʻriqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati koʻrsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish kiradigan xodimlar. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub boʻlmagan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari ham kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xodim maʼlumotining eng past darajasiga qoʻyiladigan talablar — “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xizmatchi yoki ishchi kasbi boʻyicha ishga kirishda, qoidaga koʻra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning oʻziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan maʼlumotning eng past darajasi. Ishga qabul qilishda maʼlumot yoʻnalishiga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni — ishchi tomonidan bajariladigan faoliyatning aniq turiga xos boʻlgan ishlarning eng past razryadidan eng yuqori razryadigacha boʻlgan oraliq. Tarif razryadlarining diapazonida belgilangan aniq tarif razryadlari ishning murakkabligini va uning uchun talab etiladigan ishchi malakasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) taʼlim yoʻnalishi — taʼlim muassasasida bitiruvchi tomonidan tegishli darajadagi taʼlim dasturi boʻyicha egallangan va ular tomonidan kasbiy yoki lavozim faoliyatining muayyan turi bajarilishini taʼminlaydigan bazaviy va fundamental bilimlar, oʻquv va koʻnikmalar yigʻindisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. XALIKK-2017ning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu XALIKK-2017 quyidagi boʻlimlardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-boʻlim — “Ishchilarning asosiy kasblari tasnifi” — Ishlar va ishchi kasblari yagona tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq ishchilar kasblarining, shuningdek huquq va majburiyatlari ushbu XALIKK-2017ga 1-ilovaga* muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kasblar tarkibini tartibga soluvchi ustavlar, maxsus ilovalar va tegishli qarorlarda nazarda tutilgan ishchilar kasblarining nomlarini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-boʻlim — “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi” — iqtisodiyotda va ushbu XALIKK-2017ga 2-ilovada* koʻrsatilgan tashkilotlarning tashkiliy-tarkibiy sxemalarida qoʻllaniladigan faoliyat nomlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 1-boʻlim ishchilar kasblarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo boʻyicha ishchilar kasblari nomlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Mashgʻulotlarning milliy standart klassifikatori boʻyicha ularga muvofiq kodlarni (keyingi oʻrinlarda MMSK deb ataladi), malakaviy razryadlari diapazonlarini (keyingi oʻrinlarda MRD deb ataladi), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklarini tayyorlash yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori (keyingi oʻrinlarda OʻMKTMTYMK deb ataladi) boʻyicha kodlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-boʻlimning jadvali quyidagi shaklga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kasbning nomi

MMSK
boʻyicha kod

MRD

Taʼlimning eng past darajasi

OʻMKTMTYMK
boʻyicha kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2-boʻlim xizmatchilar lavozimlarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo boʻyicha xizmatchilarning lavozimlari nomlarini va ularga muvofiq boʻlgan MMSK kodlarini, xodimlarning toifalari kodlarini, taʼlimning eng past darajasini, shuningdek OʻMKTMTYMK hamda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori (keyingi oʻrinlarda OTYMK deb ataladi) boʻyicha kodlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-boʻlimning jadvali quyidagi shaklga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Lavozimlar nomi

MMSK
boʻyicha kod

Xodimlar toifasi

Taʼlimning eng past darajasi

OTYMK

boʻyicha kod

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. MMSK kasblari va yoʻnalishlari kodlari Xalqaro mehnat tashkilotining Mashgʻulotlarning xalqaro standart klassifikatori ISCO-88 ga muvofiqdir va toʻrtta raqamdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi raqam oʻzida yiriklashtirilgan guruhni ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi raqam kichik guruhni ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi raqam tarkibli guruhni ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi raqam bazaviy guruhni ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod

2

Asosiy guruh: mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

Kichik guruh: fizika, matematika va texnika fanlari sohasida mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

3

Kichik guruh: kompyuterlar boʻyicha mutaxassislar — professionallar

Kod

2

1

3

1

Boshlangʻich: tizimlarning ishlab chiquvchilari va tahlilchilari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchilar kasblari malaka razryadlarining diapazoni (MRD) belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan Ishchilar kasblarining yagona tarif-malaka yoʻriqnomalariga hamda tarmoq tarif-malaka yoʻriqnomalari ishchilarning kasblari boʻyicha ularning murakkabligiga koʻra (mehnat sharoitlarini hisobga olmasdan) ishchilar kasblari boʻyicha ishlarning eng kam va eng yuqori razryadlarini “1” dan “8” gacha oraliqda belgilaydi, bunda: “1” razryad — xodimdan past malakani talab qiladigan eng oddiy ishlarni, “8” razryad esa — ishchidan eng yuqori kasbiy malakani va tajribani talab qiladigan alohida murakkab va noyob ish turlarini ifodalaydi. Aksariyat hollarda ishchining eng yuqori malaka razryadi oltinchi razryaddan oshmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim ishchi kasblari boʻyicha malakaviy razryadlari diapazoni aniqlanmaydi (tegishli ustunda “--” belgi bilan belgilanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. OʻMKTMTYMK va OTYMK boʻyicha kodlar Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasiga asoslangan va yettita raqamdan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi raqam taʼlim dasturining darajasi kodini belgilaydi: “3” kodi — oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi, “5” va “5A” kodlari — tegishli ravishda “bakalavr” va “magistr” akademik darajalari uchun; “2” va “1” kodlari — tegishli ravishda, shu jumladan, ishlab chiqarishda (“2”) va maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab etmaydigan (“1”) qisqa muddatli kasb tayyorgarligi darajasi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi raqam — bilimlar sohasi kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi raqam — taʼlim sohasi kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi raqamlar — taʼlim yoʻnalishi kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi va yettinchi raqamlar — mutaxassisliklar kodi (OTYMKda koʻrsatilmagan mutaxassisliklar kodlari “00” raqamlari bilan belgilanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod

3

Taʼlim darajasi — oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi

Kod

3

1

Bilim sohasi — gumanitar fanlar va sanʼat

Kod

3

1

4

Taʼlim sohasi — sanʼat

Kod

3

1

4

08

Taʼlim yoʻnalishi — sanoat turlari boʻyicha sanʼatshunoslik

Kod

3

1

4

08

01

Mutaxassislik — muzey xodimi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALIKK-2017 da koʻrsatilgan har bir kasb yoki lavozimga OTYMK va OʻMKTMTYMK boʻyicha bir yoki bir necha kodlar muvofiq boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-boʻlimda xizmatchilarning ayrim lavozimlari boʻyicha, “OTYMK va OʻMKTMTYMK boʻyicha kod” ustunida “5Axxxxxx” kodi koʻrsatilgan, u Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga muvofiq “Magistr” darajasini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: “xxxxxx” belgilari 0 dan 9 gacha boʻlgan istalgan sonni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻMKTMTYMK, OTYMK boʻyicha kod” ustunida “-” belgisi koʻrsatilgan holatlarda maʼlumoti yoʻnalishiga nisbatan talablar qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning xizmatchilar lavozimlariga tegishli toifalari quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B — boshqaruv xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M — mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T — texnik xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X — xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I — ishlab chiqarish xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼlumotining eng past darajasi quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O/M — oliy maʼlumotli, u “bakalavr” va “magistr” darajalarini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻMKHT — oʻrta maxsus, kasb-hunarga doir maʼlumotli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TQ — maʼlumoti darajasiga talab qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. XALIKK-2017ni qoʻllanish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari bajariladigan funksiyalarga koʻra boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tuzilmasida ishlab chiqarish boʻlinmalari ajratib koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda xodimlarning “Mutaxassislar” toifasiga kiritilgan lavozimlar boshqaruv xodimlariga tenglashtiriladi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda istisno shaklida koʻrsatilgan ayrim lavozimlardan tashqari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning normativdagi sonini aniqlashda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ayrim lavozimlari va kasblari ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiritilishi mumkin, agar ushbu lavozimlar va kasblar mazkur davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining ishlab chiqarish boʻlinmalari shtatlar tuzilmasiga kiritilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari va ishchilarning kasblari boʻyicha XALIKK-2017 da koʻrsatilmaganlar belgilanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hosila lavozimlar va kasblar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar kasblari boʻyicha — “katta” va “yordamchi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatchilar lavozimlari boʻyicha — oʻrinbosar, yordamchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, bosh, yetakchi, katta, kichik, oliy maʼlumotli, oʻrta maxsus maʼlumotli, kasb-hunarga doir maʼlumotli, smenali, brigadali, viloyat, tuman, uchastka, kon va hokazo.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilarning ayrim lavozimlari boʻyicha hosila lavozimlar bir lavozim doirasida tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosila lavozimni (kasbni) belgilashda xodimlarning lavozim vazifalarini bajarishdagi mustaqilligi darajasi, uning qabul qilinadigan qarorlarning toʻgʻriligi yuzasidan javobgarligi, tashabbuskorligi, mehnatining samaradorligi va sifati, shuningdek amaliy faoliyati tajribasi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosila lavozimlarga va kasblarga XALIKK-2017 da koʻrsatilgan lavozimlar va kasblar boʻyicha faoliyat mazmuni xususiyatlarini aniqlashtirish yoʻli bilan hosil qilingan lavozimlar va kasblar ham kiritiladi. Ushbu holatda uning asosida ushbu hosila lavozim (kasb) hosil qilingan XALIKK-2017 da koʻrsatilgan lavozim (kasb) klassifikatsiya obyekti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) lavozimning malaka toifalari: oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatchilarning lavozimlari boʻyicha malaka toifalari, qoidaga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan attestatsiya natijalari boʻyicha belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) klassliligi va klass darajalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular boʻyicha klasslilik va klass darajalari belgilanadigan lavozimlar roʻyxati, shuningdek ularni belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 2-boʻlimning “Lavozimning nomi” ustunida xizmatchilarning ayrim lavozimlari boʻyicha takrorlanadigan (ekvivalent) nom koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Lavozim nomi

MMSK boʻyicha kod

Xodimlar

toifasi

Maʼlumotining eng past darajasi

OʻMKTMTYKM

va OTYMK boʻyicha kodi

Kimyo-laboratoriyasi boshligʻi (mudiri)

1239

B

O/M

5320300

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda tashkilotlarning mehnat shartnomalarini va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat munosabatlari boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiya imtiyozlariga boʻlgan huquqni aniqlashda lavozimning toʻgʻri nomi ham asosiy, ham takrorlanadigan (ekvivalent) nom hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan maʼlumotning eng past darajasini belgilashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarini “bakalavr” va “magistr” darajasi bilan tamomlagan shaxslar oliy maʼlumotli xodimlar jumlasiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini, texnikumlarni, kasb-hunar-texnika, tibbiyot, pedagogika yoki boshqa bilim yurtlarini tamomlagan shaxslar oʻrta maxsus kasb-hunar maʼlumotiga ega xodimlar jumlasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ayrim holatlarda klassifikatorda belgilangan maʼlumotning eng past darajasiga yoki yoʻnalishiga ega boʻlmagan, lekin yetarli darajada amaliy tajribaga ega boʻlgan, oʻzlariga yuklangan lavozim vazifalarini toʻliq hajmda va sifatli bajaradigan xodimlar maʼlumotning tegishli darajasini yoxud maʼlumotning boshqa yoʻnalishini talab qiladigan lavozimga qabul qilinishi mumkin, agar qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ayrim ishchi kasblariga avval oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan huquqiy hujjatlarga muvofiq korxonalarda qoʻllanayotgan ishlarning razryadlari 1-boʻlimning “MRD” ustunida koʻrsatilgandan yuqoriroq oʻrnatilgan boʻlsa, avval oʻrnatilgan ishchi kasblarining malakaviy razryad diapazonlari saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. XALIKK-2017ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. XALIKK-2017ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish (aktuallashtirish) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALIKK-2017ni aktuallashtirish uchun foydalanuvchilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomiga quyidagi maʼlumotlar ilova qilingan buyurtmanomani yuboradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) XALIKK-2017ga kiritish yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlash uchun tavsiya etilayotgan lavozimlar va kasblarning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kiritish uchun tavsiya etilayotgan har qaysi kasb va lavozim boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarif-malaka tavsifnomalarining yoki faoliyat mazmunining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALIKK-2017da koʻrsatilgan kodlar, shu jumladan MMSK, OʻMKTMTYKM va OTYMK boʻyicha kodlar, ishchilar kasblari uchun — razryadlar diapazoni va xizmatchilar lavozimlari uchun — xodimlarning toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) har qaysi kasb yoki lavozimni XALIKK-2017 ga kiritishning yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlashning zarurligi asoslangan tushuntirish xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. XALIKK-2017 aktuallashtirish boʻyicha berilgan buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida, ekspertlarni jalb etgan holda koʻrib chiqiladi. Tavsiya etilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qabul qilingan taqdirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi XALIKK-2017 ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda buyruq chiqaradi, rad etilgan taqdirda esa — foydalanuvchiga asoslangan rad etish xatini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALIKK-2017ga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli buyrugʻi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agar xodimlarning mehnat daftarchalarida yoki tashkilotning mehnat munosabatlarini belgilovchi mahalliy hujjatlarida XALIKK-2017 da mavjud boʻlmagan kasblar va lavozimlar koʻrsatilgan boʻlsa yoki biror-bir belgilari boʻyicha XALIKK-2017 da koʻrsatilgan kasblar va lavozimlarga muvofiq boʻlmagan kasblar va lavozimlar koʻrsatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu kasblar va lavozimlarning XALIKK-2017 da koʻrsatilganlarga oʻxshashligini belgilashi mumkin. Ushbu holatda XALIKK-2017 ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Normativ havolalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. XALIKK-2017 doirasida quyidagi normativ havolalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O`z DSt 6.01.2:2007. Oʻzbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish yagona tizimi. Klassifikatorlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz DT 008:2000. Oʻzbekiston Respublikasining mashgʻulotlar milliy standart klassifikatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim davlat taʼlim standarti. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashgʻulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatori (MXSK-88);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimning Xalqaro Standart Klassifikatsiyasi (TXSK), YUNESKO, 1997-yil.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 09/17/795/0080; 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son; 13.12.2019-y., 10/19/3202/4154-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)