06.10.2017 yildagi PQ-3313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash lozimki, “Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan 2008 — 2016-yillarda qurilish tashkilotlariga lizing asosida melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmasi va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, boshqa tashkilotlarga 2300 dona, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi hisobidan — 2108 dona meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar hamda boshqa mexanizatsiya vositalari yetkazib berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing asosida yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va mexanizatsiyaning boshqa vositalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha zamonaviy servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun 2012-yilda “Meliomashlizingservis” SHK “Oʻzmeliomashlizing” DUK tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hududlarda lizing texnikasiga talabni prognozlashtirishning taʼsirchan tizimi shakllantirilmagan, joylarda lizing boʻyicha taqdim etilgan meliorativ texnikadan foydalanishda mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tezkor monitoring va talab etilayotgan samaradorlik taʼminlanmagan, meliorativ va boshqa texnikani lizingga taqdim etishni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha imkoniyatlardan zarurligicha foydalanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizing asosida yetkazib berishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar “Oʻzmeliomashlizing” DUKning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, lizingga yetkazib beriladigan meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xoʻjaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish uchun moʻljallangan resurslarni shakllantirish uchun xalqaro moliya institutlarini hisobga olgan holda, imtiyozli asosda donorlar mablagʻlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi, lizingga yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha zamonaviy servis xizmatlari koʻrsatishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi, lizingga yetkazib berilgan melioratsiya va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnik holatini tizimli monitoring qilish, maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va “Oʻzmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori A.I. Sulaymonov zimmasiga “Oʻzmeliomashlizing” DUKga yuklatilgan vazifa va faoliyat yoʻnalishlarining sifatli va toʻliq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining avval shakllantirilgan 2 millard soʻm miqdoridagi ustav jamgʻarmasini saqlab qolgan holda, “Meliomashlizingservis” SHK “Meliomashlizingservis” MCHJ etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Meliomashlizingservis” MCHJning taʼsischisi etib, “Oʻzmeliomashlizing” DUK hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Meliomashlizingservis” MCHJ “Meliomashlizingservis” SHKning shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov) va “Oʻzmeliomashlizing” DUK (A.I. Sulaymonov) bir oy muddatda “Meliomashlizingservis” MCHJning asosiy mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK ijro apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 33 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzmeliomashlizing” DUKning ijrochi direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavqeyi, maishiy taʼminot sharoitlari, tibbiyot va transport xizmatlarini koʻrsatish jihatidan vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va mexanizatsiyaning boshqa vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, Sugʻoriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan hamda uning qarorlari asosida 10 yil muddatga quyidagi shartlarda lizingga beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika narxining 15 foizi lizing oluvchining shaxsiy mablagʻlari hisobidan avans koʻrinishida toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika narxining 85 foizi Jamgʻarma tomonidan unga qarz asosida taqdim etilayotgan “Oʻzmeliomashlizing” DUK mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqa suv xoʻjaligi ishlari boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ekspluatatsiya suv xoʻjaligi tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan texnika narxining 100 foizi Jamgʻarma tomonidan unga qarz asosida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan “Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga beruvchining daromadi (marjasi) stavkasi lizing shartnomasi tuzilgan kungi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzmeliomashlizing” DUKning (unga qarz asosida Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan tashqari) shaxsiy mablagʻlari va boshqa jalb etiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat shartlarida 7 yil muddatga kuyidagi shartlarda lizingga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing oluvchining hisobidan — 30 foizdan kam boʻlmagan miqdordagi avans;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga beruvchining shaxsiy mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan — 70 foizgacha boʻlgan mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Oʻzmeliomashlizing” DUKning daromadlari (marjasi) stavkasi lizing shartnomasiga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Oʻzmeliomashlizing” DUKning ustavini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzmeliomashlizing” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha departament, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3313-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK ijro apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ijro etuvchi direktor

Direktor oʻrinbosari

Loyihalarni iqtisodiy tahlil qilish va lizing obyektlarini topshirish boʻlimi

3

Monitoring, marketing va xaridlar boʻlimi

3

Buxgalterlik hisobi va hisoboti boʻlimi

3

Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar shuʼbasi

2

Yuridik boʻlim

3

“Oʻzmeliomashlizing” DUKning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi vakillari

13

Ijroni nazorat qilish va AKTni joriy etish shuʼbasi

2

“Meliomashlizingservis” MCHJ

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Xoʻjalik xizmati

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 33 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — lizing beruvchi) lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish (keyingi oʻrinlarda — lizing obyekti) meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga, suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlariga, suv isteʼmolchilari assotsiatsiyalari va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, boshqa tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — lizing oluvchilar) taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lizing beruvchi tomonidan lizing xizmatlari koʻrsatish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan unga qarz asosida taqdim etiladigan mablagʻlar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz mablagʻlari va boshqa jalb etilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — oʻz mablagʻlari) hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻoriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash davlat dasturi doirasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq lizing obyektlarining har yilgi roʻyxati loyihasi shakllantiriladi, ularning uzil-kesil roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida lizing obyektlarini xarid qilish uchun mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 foizi — lizing oluvchilarning mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85 foizi — lizing oluvchi tomonidan unga jamgʻarma qarz asosida taqdim etadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlari uchun lizing obyektlari qiymatining 100 foizi lizing beruvchi tomonidan unga qarz asosida Jamgʻarma taqdim etadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing obyektlari lizing shartnomalari tuzilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi 50 foizidan oshmaydigan miqdorda har yilgi marjani toʻlash sharti bilan 10 yil muddatga lizingga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Lizing beruvchining oʻz mablagʻlari va boshqa jalb etilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan lizing obyektlari roʻyxati lizing oluvchilarning buyurtmanomalariga asosan lizing beruvchi tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing obyektlarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 30 foiz miqdordagi avans (boʻnak) — lizing oluvchi hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarning 70 foizga qadari lizing beruvchining oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing beruvchining oʻz mablagʻlari va boshqa jalb etilgan mablagʻlari hisobidan (unga Jamgʻarma tomonidan qarzga ajratiladigan mablagʻlardan tashqari) lizing obyektlari tijorat shartlari asosida 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi. Bunda lizing beruvchining daromad (marja) stavkasi lizing shartnomasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Lizing oluvchilariga lizing obyektlarini lizingga taqdim etish butun lizing davriga olinayotgan lizing obyektining mulkiy tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizingning barcha oʻzi yurar obyektlari maqsadli va samarali ekspluatatsiya qilinishini monitoring qilish maqsadida axborotni onlayn rejimida yuborib turadigan GPS trakerlari oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlari toʻlanmagan, lizing obyektlari shartnoma shartlariga muvofiq tegishli darajada saqlanishi taʼminlanmagan yoki maqsadga nomuvofiq ekspluatatsiya qilingan taqdirda, shuningdek, texnik servis koʻrsatish qoidalarining buzilishi aniqlanganida lizing obyektlari sud qaroriga muvofiq qaytarib olinadi va lizing obyektining qoldiq qiymati boʻyicha toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan boshqa lizing oluvchilarga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Lizing beruvchi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan lizing obyektlarini xarid qilish uchun Jamgʻarmaga qarz ajratish boʻyicha buyurtmanoma taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ana shu buyurtmanomalar asosida 10 bank kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 25 foizi miqdorida yillik marjani toʻlash sharti bilan lizing beruvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazgan holda 10 yil muddatga qarz taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Jamgʻarma mavjud moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda lizing operatsiyalarini oʻtkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan pul mablagʻlari hajmiga oid kafolat xatini lizing beruvchiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lizing obyektlarini yetkazib beruvchilarni belgilash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Lizing obyektlarini xarid qilish lizing beruvchi bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lizing beruvchi kelgusi yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank bilan — moliya agenti funksiyalarini bajarish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkiloti bilan — sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha lizing oluvchilar oʻz mablagʻlari hisobidan lizing obyektlariga sugʻurta polislarini lizing beruvchi foydasiga rasmiylashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

1. Buyurtma berish, lizing obyektlari lizing oluvchilarining har yilgi roʻyxatlarini shakllantirish va tasdiqlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1a sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1b “Oʻzmeliomashlizing” DUKning oʻz mablagʻlari hisobiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya agenti funksiyalarini bajarish boʻyicha bank bilan shartnoma tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish boʻyicha sugʻurta tashkiloti bilan shartnoma tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Lizing obyektini yetkazib berish toʻgʻrisida lizing oluvchining lizing beruvchiga murojaati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Lizing obyektini yetkazib berish boʻyicha lizing oluvchi bilan shartnoma tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Lizing obyektiga sugʻurta polisini lizing beruvchi foydasiga rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lizing oluvchi mablagʻlari hisobidan avans (boʻnak) toʻlash: lizing obyekti Davlat dasturi doirasida sotib olingan taqdirda — 15 foizi va agarda lizing obyekti lizing beruvchining oʻz mablagʻlari hisobidan meliorativ va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga, suv isteʼmolchilari assotsiatsiyalariga va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, boshqa tashkilotlarga sotib olinadigan taqdirda — kamida 30 foizi; lizing obyekti Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi ekspluatatsiya tashkilotlar tomonidan Davlat dasturi doirasida sotib olingan taqdirda — avans toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Lizing obyektini xarid qilish uchun qarz ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga buyurtma taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lizing obyektini xarid qilish uchun qarz ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lizing obyektini xarid qilish va lizing oluvchiga yetkazib berish.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2017-y., 07/17/3313/0070-son; 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)