Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 02.10.2017 yildagi 783-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 199-sonli “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 9-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hamda moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — G‘.I. Ibragimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
783-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)