Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat strategik zaxirasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalari oʻrtasidagi hisob-kitob mexanizmini tartibga solish, shuningdek budjetdan mablagʻlari xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsnoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi M.M. Kurbonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-sentabr,
770-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 770-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va uning idoraviy mansub muassasalari davlat strategik zaxirasi resurslarini toʻldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilgʻisini “Oʻzneftmahsulot” AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha sotib oladilar”.
2. 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Neft bazalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilgʻisi qishloq xoʻjaligi istemolchilariga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar boʻyicha, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida toʻliq toʻlanishi sharti bilan, 60 foiz haqi oldindan toʻlangan holda sotiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son)