O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
749-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 749-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalarida import o‘rnini qoplaydigan va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 110-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 9-son, 133-modda) 1-ilovada:
a) jadval sarlavhasidan keyin “Jami” va “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi” satrlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
Jami (171 loyiha): |
|
|
1 061,3 |
424,3 |
316,0 |
321,0 |
|
12 356 |
|
||
|
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi |
|
|
312,9 |
176,3 |
52,6 |
84,0 |
|
2 072 |
|
”; |
b) 10-pozitsiyadan keyin “Olmaliq KMK” AJ satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
“Olmaliq KMK” AJ |
|
|
25,2 |
8,0 |
3,0 |
14,2 |
|
160 |
”; |
v) 11, 12 va 15-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1058-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)