19.09.2017 yildagi 746-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Juda qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish maqsadida joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur oʻrganish, xalq bilan bevosita muloqot oʻrnatishning sifat jihatidan yangi va samarali shakllarini joriy etish, ayniqsa, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarini qamrab olgan holda joylarga chiqib fuqarolarni qabul qilish boʻyicha keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qator davlat va hududiy dasturlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, fuqarolarimizning talab va takliflariga binoan qisqa vaqt ichida shaharlarda — koʻp qavatli, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uylar qurish, ichimlik suv, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni taʼminlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir dasturlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat organlari ishini tashkil etishning amaldagi mexanizmlari, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlarining bugungi kundagi oʻzaro hamkorligi holati mazkur vazifalarni samarali amalga oshirish, aholining kundalik muammolariga oʻz vaqtida yechim topish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika organlarining tuman va shaharlardan uzilib qolganligi har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha ularning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda manzilli amaliy choralarni ishlab chiqish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy budjet mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning joriy tartibi, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarning manzilli, oʻz vaqtida va mutanosib ravishda moliyalashtirilishini taʼminlay olmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari faoliyati natijalarini baholashda ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aholining hayot sifatini qanchalik yaxshilayotganiga hamda mahalla va tumanlarning (shaharlarning) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada jadallashtirishga boʻlgan taʼsiri yetarlicha eʼtiborga olinmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga tushgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni soʻzsiz amalga oshirish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va usullarini tubdan takomillashtirish, ijroiya va vakillik hokimiyati organlari tomonidan joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularga oʻz vaqtida barham berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) va Konsepsiya sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish hamda hal etishning namunaviy “yoʻl xaritasi” maketi (keyingi oʻrinlarda “yoʻl xaritasi” deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyma-uy yurishni hisobga olish daftari maketi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish ishlari ushbu Konsepsiya asosida oʻtkazilishiga va tasdiqlangan yoʻl xaritalarining oʻz vaqtida samarali ijrosini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini doimiy va manzilli oʻrganish borasida hamkorlikda olib boriladigan tizimli faoliyatini tashkil etish va natijasi yuzasidan mutasaddilarning xalq oldida hisobot berishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi uyma-uy yurishni hisobga olish daftarini uch kun muddatda zarur nusxada chop etilishini va Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyma-uy yurishni hisobga olish daftarini chop etish va tarqatish masalalari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi hisobidan belgilangan tartibda qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova va moliya vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
746-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 746-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarorining 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konsepsiyaning asosiy mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari “quyidan — yuqoriga” hamda “yuqoridan — quyiga” tamoyili asosida oʻtkaziladi. Yaʼni, kun tartibidagi masala va muammolar mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika tamoyiliga koʻra shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari “yoʻl xaritalari”ni har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi, ijrosi yuzasidan masʼullar hisobotini tinglash amaliyoti joriy etiladi. Tuman hokimligi vakolatidan tashqari boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga (keyinga oʻrinlarda hududlar deb ataladi), mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlardan (shaharlardan) shakllantirilgan va tuman (shahar) vakolatidan tashqari boʻlgan muammolar boʻyicha “yoʻl xaritalari” Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari “yoʻl xaritalari”ni har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi, ijrosi yuzasidan masʼullar hisobotini tinglash amaliyoti joriy etiladi. Vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha maʼlumotlarni mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tumanlar (shaharlar) va hududlar maʼlumotlari va oʻzlari aniqlagan muammolar asosida shakllantirilgan “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlaydi. Mazkur “yoʻl xaritalari”dagi muammolarning ijrosini har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tumanlar (shaharlar), hududlar va davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari maʼlumotlari va oʻzlari aniqlagan muammolar asosida shakllantirilgan “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlaydi. Mazkur “yoʻl xaritalari”dagi muammolarning ijrosini har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tumanlar (shaharlar), hududlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolati doirasidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va hududlarga tegishli topshiriq beradi. Yaʼni, “quyidan — yuqoriga” tamoyili asosida shakllantirilgan masala va muammolarning ijrosi va amaliy nazorati “yuqoridan-quyiga” tamoyili asosida taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tumanlar (shaharlar)ning asosiy muammolarini shakllantirish, masʼullar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarining hisoboti shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda (shaharda) mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan rejalarning ijro etilishi hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) miqyosida eksport salohiyatini yanada oshirish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumandagi mavjud ishsizlik muammolarini hal etish, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari, ichki yoʻl va sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash hamda infratuzilma obyektlarining (maktab, bogʻcha va sport obyektlarining) ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini uy-joy bilan taʼminlash va ularni sifatli qurish masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash va mavjud muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonlari ijrosini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha masalalar ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) hokimi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining tuman (shahar) rahbarlari — tumanlar (shaharlar) va mahallalardagi asosiy muammolarni shakllantirish va ularni bartaraf etishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida tuman (shahar) hokimi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining tuman (shahar) rahbarlari ushbu Konsepsiyaning 3-bandida keltirilgan muammolarning ijrosi yuzasidan hisobot berish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 3-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijasi aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilgan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Yaʼni, ushbu ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, ishga tushirilgan korxona qancha mahsulot ishlab chiqardi, qancha eksport qilindi, qancha ishchi oʻrni yaratildi, mahalliy budjetga qancha qoʻshimcha soliq tushdi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning oʻz vaqtida bajarilishiga va masʼullarning ish faoliyatiga xolis baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan hisobotni (“yoʻl xaritalari”ning ijrosi), shuningdek, vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha maʼlumotlarni hududlarga, mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ning asosiy muammolarini shakllantirish, masʼullar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarining hisoboti shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha tasdiqlangan rejalarning ijro etilishi hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar miqyosida eksport salohiyatini yanada oshirish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda mavjud ishsizlik muammolarini hal etish, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari, ichki yoʻl va sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash hamda infratuzilma obyektlarining (maktab, bogʻcha va sport obyektlarining) ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar markazlarida koʻp qavatli uylar qurilishi va qishloq joylarda aholini uy-joy bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va hududda investitsion muhitni yanada yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlash va mavjud muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonlari ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Konsepsiyaning 8-bandi asosida va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlar tomonidan ham qoʻshimcha muammolar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilma rahbarlari — hududlardagi asosiy muammolarni shakllantirishga va ularni bartaraf etishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilma rahbarlarining ushbu Konsepsiyaning 9-bandida keltirilgan muammolarning ijrosi yuzasidan hisobot berishi amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 9-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijasi aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilmagan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Yaʼni, ushbu ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, hududda ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasi qanchaga oshdi, kimlar bundan manfaatdor boʻldi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yigʻilishlarida tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning oʻz vaqtida bajarilishiga va masʼullarning ish faoliyatiga xolis baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan hisobotlarni (“yoʻl xaritalari”ning bajarilishini), shuningdek vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha maʼlumotlarni mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy muammolarini shakllantirish, masʼullar hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarining hisoboti shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻzlariga tegishli mavjud muammolarni tuman (shahar) va hududlar boʻyicha muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlashda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli qismi boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini tahlil etish va mavjud muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Konsepsiyaning 8 va 14-bandlari asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari — tarmoq va sohadagi asosiy muammolarni shakllantirish va hal etish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanib, uning bajarilishi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Hayʼat yigʻilishlarida har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 15-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijalari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilgan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Yaʼni, mazkur ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, ishga tushirilgan investitsiya loyihasining iqtisodiyotga taʼsiri, qancha qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarildi, eksport hajmi qanchaga oshdi, qancha aholi ish bilan taʼminlandi va shu kabilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoboti, shuningdek vakolatidan tashqarida boʻlgan va Konsepsiyaning 15-bandida keltirilgan hal etilmagan muammolar va ularning yechimi yuzasidan tegishli takliflar birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha asosiy muammolarni shakllantirish, masʼullar hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarining hisoboti shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks tarkibiga kiruvchi tegishli tarmoq va sohalar boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning ijrosini batafsil tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlari boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining Kompleksga taalluqli topshiriqlarining ijrosini keng qamrovli tahlil qilish, tegishli hisobotlarni eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida har bir hududlar boʻyicha Kompleks tarkibiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda tuman (shahar)lar, hududlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatida hal etilmagan muammolarni hal etish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari — Kompleksdagi asosiy muammolarni shakllantirish va ularni hal etishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Konsepsiyaning 20-bandida keltirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Muhokama natijalari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi komplekslari vakolatidan tashqarida boʻlgan muammolar hisobot shaklida Kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Vazirlar Mahkamasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijrosi, yaʼni yalpi ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya darajasi, davlat budjeti ijrosi hamda eksport va import masalalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlashda har bir hudud va tuman boʻyicha ijroni taʼminlash yuzasidan hisobotlarni eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻzlariga tegishli masalalar yuzasidan hududlar va tumanlar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining tarmoqlar boʻyicha hisobot berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida har bir hudud boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmoyishlar va bayonlar ijrosi yuzasidan hisobotlarni eshitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ishchi organ — Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlaridagi asosiy muammolarni shakllantirish, ular ijrosini qatʼiy nazoratga olish va natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida hisobot berishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladi hamda qaror qabul qilinadi, qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 746-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish yangi konsepsiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 746-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish va
hamda hal etishning namunaviy “yoʻl xaritasi” maketi

NAMUNA

“TASDIQLAYMAN”

tuman (shahar) hokimi

________________

2017-yil “___” _______

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush
tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha
ishlarni tashkil etish yuzasidan 2018-yilga moʻljallangan (har chorakda yangilanib boriladi)
“YOʻL XARITASI”


T/r

Fuqarolar yigʻini nomi

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Taxminiy xarajatlar, moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1-sektor boʻyicha

“Yoʻl xaritasi” — Dasturni amalga oshirish boʻyicha kutilayotgan natijalar:

— “yoʻl xaritasi”ga kiritilgan mahallalar — __ ta (_________, _________)

— “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun belgilangan moliyaviy mablagʻlarning taxminiy hajmi — _________ mlrd soʻm;

— “yoʻl xaritasi” doirasida kapital taʼmirlanadigan obyektlar — __ta;

— “yoʻl xaritasi” doirasida taʼmirlanadigan ichki yoʻllar (km) — __km;

— “yoʻl xaritasi” doirasida bandligi taʼminlanadigan fuqarolar — __ nafar.

I. Aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogironlar va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish:

1.

Ushbu

“Yoʻl xaritasi” — Dasturga kiritilgan �FYlar

MFYlar hududidagi nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash

1. MFY hududidagi nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Roʻyxatga kiritilgan oilalarni zarur dori vositalari, nogironlik aravachalari bilan taʼminlash.

3. Roʻyxatga kiritilgan oilalar bilan kasanachilik, sartaroshlik, qandolatchilik, attorlik, poyabzalni taʼmirlash

faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida asbob-uskunalar sotib olishi uchun imtiyozli kreditlar olishlari yuzasidan suhbatlar oʻtkazish.

4. Roʻyxat asosida 50 ta xonadonga
100 tadan tovuq boqish uchun imtiyozli bank kreditlarini olishda amaliy yordam berish.

5. Roʻyxat asosida 50 ta xonadonda
1 sotixli issiqxona qurish uchun imtiyozli bank kreditlarini olishda amaliy yordam koʻrsatish.

6. Tuman jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan ushbu chora-tadbirlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

150 mln soʻm

(tumandagi tijorat banklarining kreditlari hisobiga)

2 mlrd soʻm

(tumandagi tijorat banklarining kreditlari hisobiga)

10-sentabrgacha

1-oktabrgacha

1-noyabrgacha

1-dekabrgacha

tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (______________),

tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi (_________),

“Mahalla” fondining

tuman boʻlinmasi

(_____________),

Agrobankning tuman filiali (_________),

Xalq bankining

tuman filiali

(______________),

tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

(_______________)

2.

3.

II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish:

4.

MFY nomi

Mahalla aholisining tadbirkorlik sohasidagi tajribasini inobatga olib tomorqa madaniyatini rivojlantirish, oilaviy biznesni shakllantirish natijasida fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini oshirish va moddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish orqali fuqarolar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olishga erishish.

1. Hududlardagi oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.

2.Xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlik tajribasini oshirish maqsadida seminarlar oʻtkazish.

3. Mahallada tomorqa madaniyatini oshirish maqsadida 20 ta oilaning imtiyozli kredit olib limon va oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlarini tashkil qilish.

eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida

(tijorat banklarining kredit mablagʻlari)

MFY kafilligi asosida

1-oktabrga qadar

muntazam ravishda

Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tuman boʻlimi

(______________)

“Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi (_________),

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi (__________),

tuman IIB (__________),

tijorat banklari,

MFY Kengashlari

5.

III. Tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish:

6.

Xonobod MFY

Mahalladagi jami
1200 gektar tomorqa yer maydoniga toʻliq ekin ekishni, xonadonlarning kamida 15%iga issiqxona 50%iga tomorqa yerlariga ekin ekishni tashkil etish.

Banklar tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar asosida issiqxonani qurish va tomorqa yerdan foydalanish uchun kerakli jihozlar olinishini tashkil etish.

1. Uyma-uy yurib tomorqa yerlariga ekin ekmagan aholini aniqlash.

2. Aniqlangan aholiga ekin ekishni tushuntirish va ekinlarni toʻliq ektirish.

3. Tomorqasida issiqxona tashkil etishga xohishi bor fuqarolarni aniqlash.

4. Issiqxona tashkil etuvchi aholiga kredit mablagʻlarini olib berishda koʻmaklashish.

5. Tomorqadan namunali foydalanayotgan oilalarning amalga oshirgan ishlari boʻyicha koʻrgazmali seminarlar oʻtkazish.

6. Tuman jamoatchilik nazorati guruhlari va fuqarolar yigʻinlari Kengashlari tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida

(tijorat banklarining kredit mablagʻlari)

MFY kafilligi asosida

10-sentabr kuniga qadar roʻyxatini aniqlash

muntazam ravishda

Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tuman boʻlimi

(_____________)

“Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi (__________),

tijorat banklari,

MFY Kengashlari

7.

8.

9.

10.

IV. Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati
turlarini rivojlantirish:

11.

Yaypan MFY

Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati turlarini rivojlantirish maqsadida aholini ushbu yoʻnalishga jalb qilish

1. Loyiha tashabbuskorlarini aniqlash.

2. Loyihani amalga oshirish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish.

3. Loyiha asosida boʻsh ish oʻrinlarini yaratish.

4. Boʻsh ish oʻrinlariga MFY aholisini jalb etish

150 mln soʻm

(tumandagi tijorat banklarining kreditlari hisobiga)

2 mlrd soʻm

(tumandagi tijorat banklarining kreditlari hisobiga)

10-sentabr

20-sentabr

25-sentabr

30-sentabr

tuman DSI (_________),

“Mahalla” fondining

tuman boʻlinmasi

(____________),

Agrobankning

tuman filiali

(____________),

Xalq bankining

tuman filiali

(____________),

tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

(_____________)

tuman tijorat banklari

MFY Kengashlari

12.

V. Aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish:

13.

Yangiobod MFY

MFY hududidagi 45 ta
2 qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish

1. MFY hududida 4 ta XUJMSh faoliyatini tashkil etish, 45 ta 2 qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2. 45 ta koʻp qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni buzish.

3. MFY hududida arxitektura talablariga javob beradigan zamonaviy hojatxona va tandirxonalar qurish.

4. MFY hududida 15 ta bolalar maydonchalarini tashkil etish.

5. Elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv bilan uzluksiz taʼminlash

3 mlrd 200 mln soʻm

(Xalq banki va “Agrobank”ning tuman filiallari kredit mablagʻlari hisobiga)

700 mln soʻm

(mahalliy budjet mablagʻlari)

200 mln soʻm

(tashabbuskorlar homiylar mablagʻi hisobidan)

1-sentabrga qadar

1-sentabrga qadar

1-sentabrga qadar

tuman hokimi oʻrinbosari (_________),

Xalq banki, (_________)

Agrobank (_________)

tuman qurilish va arxitektura boʻlimi (____________),

tuman obodonlashtirish boshqarmasi (________)

tuman moliya boʻlimi (____________)

XUJMSh raislari

14.

VI. Ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv va issiqlik
taʼminoti quvurlarini taʼmirlash

15.

16.

VII. Aholi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish:

17.

Tinchlik MFY

Mahallada uyushqoqlik kuchliligi, oqsoqollar fikri muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, ularning taʼsir doirasidan unumli

foydalanish, mahallada xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish, jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarga sabab boʻlayotgan holatlar, fohishabozlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari, avlodlarimizning komil inson boʻlib voyaga yetishiga taʼsiri yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish.

1. Tuman miqyosida, mahallada tashkil etiladigan maʼnaviy tadbirlarga atoqli insonlarni jalb etish, hayotiy tajribalarini targʻib qilish orqali mahallada salbiy holatlar sodir boʻlishining oldini olish yuzasidan jamoatchi va masʼul xodimlarning qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va belgilangan muddatda amalga oshirish.

2. Tuman jamoatchilik nazorati guruhlari va fuqarolar yigʻinlari Kengashlari tomonidan mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni, taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

-

1-sentabrdan boshlab alohida reja asosida

muntazam ravishda

Tuman hokimining oʻrinbosari

(___________)

Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi (__________), “Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi (_________), “Ayollar maslahat markazi” tuman boʻlimi

(_____________),

tuman IIB (__________),

tibbiyot birlashmasi (____________)

MFY Kengashlari

18.

19.

VIII. *

20.

21.

2-sektor boʻyicha

“Yoʻl xaritasi” — Dasturni amalga oshirish boʻyicha kutilayotgan natijalar:

I. Aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogironlar va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish:

22.

23.

24.

II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish:

25.

26.

III. Tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish:

27.

28.

IV. Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati
turlarini rivojlantirish:

29.

30.

V. Aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish:

31.

32.

VI. Ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv va issiqlik
taʼminoti quvurlarini taʼmirlash

33.

34.

VII. Aholi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish:

35.

36.

37.

VIII. *

38.

3-sektor boʻyicha

“Yoʻl xaritasi” — Dasturni amalga oshirish boʻyicha kutilayotgan natijalar:

I. Aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogironlar va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish:

39.

40.

41.

II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish:

42.

43.

44.

III. Tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish:

45.

46.

IV. Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati
turlarini rivojlantirish:

47.

48.

49.

V. Aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish:

50.

51.

VI. Ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv va issiqlik
taʼminoti quvurlarini �aʼmirlash

52.

VII. Aholi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish:

53.

VIII. *

54.

4-sektor boʻyicha

“Yoʻl xaritasi” — Dasturni amalga oshirish boʻyicha kutilayotgan natijalar:

I. Aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, nogironlar va muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish:

55.

56.

57.

II. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish:

58.

59.

III. Tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish:

60.

61.

IV. Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa qishloq xoʻjaligi faoliyati
turlarini rivojlantirish:

62.

63.

V. Aholining uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish:

64.

65.

VI. Ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv va issiqlik
taʼminoti quvurlarini taʼmirlash

66.

VII. Aholi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish:

67.

VIII. ****

68.

_________ tuman prokurori

__________ tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

_________ tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: “Yoʻl xaritasi”da boshqa sohalarda mavjud muammolar va ularni hal qilish yuzasidan choralar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 746-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎UYMA-UY YuRIShNI HISOBGA OLISh
‎DAFTARI

‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎(Sektor rahbarining F.I.O.)

‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎(Sektor rahbarining lavozimi, ishlash joyi, manzili)

‎‎‎‎‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎(Sektor rahbarini tayinlash va biriktirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi,
‎viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori raqami va sanasi)

‎‎Tuman (shahar)
‎hokimi

‎‎Tuman (shahar) prokurori

‎‎Tuman (shahar) Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

‎‎Tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

‎‎__________________ ‎‎‎‎__________________ ‎‎‎‎__________________ ‎‎‎‎_______________________

‎‎F.I.O.

‎‎F.I.O.

‎‎F.I.O.

‎‎F.I.O.

‎‎__‎‎_______imzo / M.Oʻ. ‎‎‎‎__‎‎_______imzo / M.Oʻ. ‎‎‎‎__‎‎_______imzo / M.Oʻ.

‎‎‎‎__‎‎_________imzo / M.Oʻ.

T/r‎

‎‎Uyma-uy yurish oʻtkazilgan sana

‎‎Uyma-uy yurishning aniq davom etgan vaqti

‎‎Yurish oʻtkazilgan uy xoʻjaligi egasi

‎‎Yurish oʻtkazilgan uy xoʻjaligi egasining toʻliq manzili

‎‎Yurish oʻtkazilgan uy xoʻjaligi egasi tomonidan koʻtarilgan muammolar

1‎

‎‎2

‎‎3

4

‎‎5

‎‎6

1.‎

‎‎kk.oo.yyyy

‎‎soat “... : ...” dan soat “... : ...” gacha

‎‎F.I.O.

‎‎Viloyat: ...
‎Tuman (shahar): ... QFY: ...
‎Mahalla: ...
‎Uy №: ...

‎‎1. ...
‎2. ...
‎3. ...

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Yurish oʻtkazilganda Sektor rahbari tomonidan aniqlangan muammolar

‎‎Aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar va ularni bajarish muddati

‎‎Uy xoʻjaligi egasining muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar bilan tanishib chiqqanligi tasdigʻi

‎‎Aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar bajarilishi (choralarda belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng toʻldiriladi)

‎‎Uy xoʻjaligi egasi tomonidan muammolar bartaraf etilganligi tasdigʻi (belgilangan choralar amalga oshirilganidan soʻng toʻldiriladi)

‎‎7

‎‎8

‎‎9

‎‎10-1

‎‎10-2

‎‎1. ...
‎2. ...
‎3. ...
‎‎1. ... (sana — gacha); 2. ... (sana — gacha); 3. ... (sana — gacha).

‎‎Uy xoʻjaligi egasi F.I.O. va imzosi

‎‎1. Bajarildi/Bajarilmadi — Izoh;
‎2. Bajarildi/Bajarilmadi — Izoh;
‎3. Bajarildi/Bajarilmadi — Izoh.

‎‎Uy xoʻjaligi egasi F.I.O. va imzosi

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1055-modda)