25.09.2017 yildagi PQ-3287-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Filialining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida (keyingi oʻrinlarda — Filial) va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyda zamonaviy oʻquv materiallari va laboratoriya uskunalarini keng qoʻllanish asosida taʼlim jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni jihozlash va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnika resurslari (keyingi oʻrinlarda — tovarlar) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ilovada koʻrsatilgan va “Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan tovarlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisida bergan xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelinayotgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati (A.S. Sultonov) Filialni va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan maxsus va oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashda yordam bersin, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-iyuldagi PP-1569-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshi va qarorning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3287-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3287-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

M.R. Abdullayev

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

B.R. Narmatov

energetika vazirining oʻrinbosari

U.Sh. Begimkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

B.K. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

U.X. Sayidov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

B.B. Eshmuratov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtan GKM” MCHJ Bosh direktori

Sh.N. Fayzullayev

“Jizzakh petroleum” MCHJ QK bosh direktori (kelishuv boʻyicha)

Lavozimi boʻyicha

“LUKOYL Oversiz Xolding LTD” kompaniyasi vitse-prezidenti (kelishuv boʻyicha)

Lavozimi boʻyicha

“Gazprom” OAJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)

B.Sh. Fazilov

“ERIELL” guruhi boshqaruvi raisi (kelishuv boʻyicha)

Lavozimi boʻyicha

“Fargʻona NQZ” MCHJ direktori (kelishuv boʻyicha)

A.M. Magrupov

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali direktor oʻrinbosari — ijrochi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi PQ-5107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3287-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni jihozlash va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnika resurslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovarlarning nomlanishi

Oʻlchov birligi

soni

TIF TN kodi

1.

Laboratoriya tahlil tarozisi AS 220/X/Analytical balance AS 220/X modeli

dona

3

9016 00 100 0

2.

Laboratoriya tahlil tarozisi XA 52/2X/Analytical balance XA 52/2X modeli

dona

1

9016 00 100 0

3.

Laboratoriya tahlil tarozisi PS 600/C/2/Precision balance PS 600/S/2 modeli

dona

1

9016 00 100 0

4.

Laboratoriya tahlil tarozisi PS 2100/C/2/Precision balance PS 2100/S/2 modeli

dona

1

9016 00 100 0

5.

Neft mahsulotlarini haydash apparati MOP still/MOP still Distillattion Unit modeli (neft va neft mahsulotlarining fraksion tarkibini belgilash uchun)

dona

3

8419 40 000 9

6.

Yarim avtomat titrator 876 Manual Titrator Plus/876 Manual Titrator plus

dona

1

9027 80 170 0

7.

Avtomatik titrator 905 Titrando / Automatic titrator 905 Titrando modeli

dona

2

9027 80 170 0

8.

Universal Ionometr 781/781 pN/lon Meter modeli (ionlar va pN oʻlchamlarni belgilash uchun)

dona

8

9027 80 110 0

9.

Titratorlar uchun elektrodlar komplekti.

Komplektga quyidagilar kiradi: 1 dona elektrod Unitrode s Pt 1000, kabeli bilan 2x2 mm, 1 m;

1 dona — elektrod Solvotrode diafragmani tozalash tizimi bilan easy Clean;

1 dona termodatchikli elektrod Ecotrode Gel s NTC s kabelem 2x2, 1 m;

1 dona ionselektirlashtiriladigan elektrod polimer membranasi bilan Sa2+;

1 dona qobiqli sulfidlangan elektrod Ag Ring;

1 donaelektrod Pt Titrode;

Set of electrodes for titrators: Unitrpde with Pt 1000, cable 2x2 mm, 1 m — 1 pe: Solvotrode with easy Clean system — 1 pc; Ecotrode Gel with NTC. cable 2x2 mm, 1 m — 1 pc; Ion selective electrode Ca2+ — 1 pc: Ag Ring electrode — 1 pc; Pt Titrode electrode — 1 pc

komplekt

3

9027 90 500 0

10.

Setast i 11/Setasti 11 distillation unit apparati (distillyatsion koʻrsatkichlarni belgilash uchun)

dona

10

8419 40 000 9

11.

Vakuumli distillyatsiya avtomatika uskunasi Minidist 1160/Automatic vacuum distrillation Minidist 1160 (neft va neft mahsulotlarining qaynash chegarasini belgilash uchun)

dona

3

8419 40 000 9

12.

Quritish shkafi UNE 400 (konveksion, zanglamaydigan poʻlatdan) Universal oven UNE 400, natural air circulation (convection) and stainless steel performed modeli

dona

2

8419 39 000 9

13.

Namlik analizatori MAC 50/WN/Moisture analyzer MAC 50/WN modeli

dona

1

9025 80 400 0

14.

Binokulyar mikroskop MCX100 / Microscope binocular MCX100 modeli

dona

1

9011 80 000 0

15.

Spektrofotometr / Spectrophotometer.

Komplektga quyidagilar kiradi: 1 donaultranur va koʻrinadigan qobiqli spektrofotometr UV / UV-1800-UV VIS Spectrophotometer, 1800;

1 dona — USB shaxsiy kompyuterga ulanish uchun kabel / USB interface cable for PC connection;

5 dona optik uzunlikdagi kvars kyuvetlari 10 mm / 10 mmAbsorption Square Cellfused silica.

dona

2

9027 30 000 0

16.

Isitish uskunasi bilan magnit qorishtirgich / Magnetic stirre rwith heater. Komplektga quyidagilar kiradi: 1 donaC-MAG NS 4 IKAMAG magnit qorishtirgich / C-MAG NS 4 IKAMAG Magnetic stirrer;

1 dona magnit qorishtirgichlar, PTFE qoplamali, dumaloq, IKAFLON 25x8 mm Magnetic stirring bar IKAFLON 25x8mm, PTFE-coated round.

dona

6

8419 89 989 0

17.

Dispergator T 25 ULTRA-Turrax / Disperser. T 25 ULTRA-Turrax.

Komplektga quyidagilar kiradi: 1 dona dispergator T 25 digital ULTRA-TURRAX / T 25 digital ULTRA-TURRAX Disperser;

1 dona dispergatsiya elementi S25N — 18G/S25N — 18G Dispersing element.

komplekt

3

8479 82 000 0

18.

Laboratoriyacharxpalagi A 11 basic / laboratory mill A 11 basic.

dona

1

8479 82 000 0

19.

Magnit qorishtirgich.

Komplektga quyidagilar kiradi :1 dona magnit qorishtirgich color squid IKAMAG white s EU/CN/UK//USA kabeli bilan/color squid IKAMAG white Magnetic stirrer with EU/CN/UK/USA plug;

1 dona PTFE bilan qoplangan magnit qorishtirgichlar, dumaloq, IKAFLON 25x8 mm/Magnetic stirring bar IKAFLON 25x8 mm, PTFE-coated, round.

dona

12

8479 82 000 0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: TIF TN boʻyicha yakuniy tovar kodlari ular bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgandan soʻng aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2017-y., 07/17/3287/0016-son; 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son)