11.09.2017 yildagi PQ-3264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobidan generatsiya quvvatlarini yanada rivojlantirish, energiya tizimlari ishlashining ishonchliligini oshirish va respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida (keyingi o‘rinlarda — loyiha):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 18-iyundagi PQ-2355-sonli qarori bilan loyihaning umumiy narxi 678,26 mln. AQSH dollari miqdoridagi texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan bo‘lib, quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot bankining — 300,0 mln. AQSH dollari summasidagi qarzi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining — 230,7 mln. AQSH dollari summasidagi krediti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” AJning — ekvivalenti 27,3 mln. AQSH dollari bo‘lgan shaxsiy mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining imtiyozlar va preferensiyalar ko‘rinishidagi — ekvivalenti 120,2 mln. AQSH dollari summasidagi ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zbekenergo” AJning xalqaro tender savdolari natijalari bo‘yicha “Nyundai Engineering Co. Ltd” va “Nyundai Engineering & Construction Co. Ltd.” (keyingi o‘rinlarda — konsorsium) bilan 2016-yilning 23-dekabr kuni MB-16/8-sonli 103,96 mln. yevro va 328,1 mln. AQSH dollari miqdoridagi (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini “tayyor holda topshirish” shartlarida qurishga shartnoma tuzildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2017-yilning 6-iyuldagi shartnomasiga 1-sonli qo‘shimcha bitim imzolanilgan holda konsorsium bilan birgalikda shartnoma narxi maqbullashtirildi hamda so‘ngi narxi 103,96 mln. yevro va 318,1 mln. AQSH dollari bo‘lib, ishlarni yakunlash muddati 34 oy (3-va 4-navbatdagi energobloklarni demontaj qilishni hisobga olmagan xolda) etib belgilandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan shartnoma va shartnomaga 1-sonli qo‘shimcha bitimning ekspertizasi o‘tkazildi hamda unga ijobiy xulosa berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga jalb qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining krediti bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “O‘zbekenergo” AJ majburiyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlatining kafolatlarini berish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekenergo” AJ, “Taxiyatosh IES”, konsorsiumga va uning subpudrat tashkilotlariga, 2021-yilning 30-iyunigacha loyihani amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi loyihani amalga oshirish doirasida konsorsium va uning subpudratchi tashkilotlariga, shuningdek, ular tomonidan jalb qilinadigan loyiha va injiniring tashkilotlariga loyihalashtirish, qurish va xizmatlar ko‘rsatishga tegishli litsenziyalar, xulosalar va ruxsatnomalar berishni, olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar hamda maxsus transport vositalarining sertifikatlashtirilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida shartnomaning amal qilish muddati va unda belgilangan kafolatlar davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” AJ, konsorsium va uning subpudrat tashkilotlari, shu jumladan, vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimida olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar hamda maxsus transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kiriladigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi organlari tomonidan hisobga qo‘yilgan doimiy muassasa orqali faoliyat olib borayotgan konsorsium tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqilmasdan, mahalliy yetkazib beruvchilar va subpudrat tashkilotlari tomonidan konsorsium va uning subpudrat tashkilotlariga sotiladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsorsiumga qurilish uchun ajratilgan hududda, shu jumladan, bojxona tartib-qoidalarini joyida olib borish uchun loyiha doirasida xorijdan olib kiriladigan, vaqtincha olib kirish rejimida rasmiylashtiriladigan “bojxona ombori” rejimidagi uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar hamda maxsus transport vositalarini joylashtirish uchun bojxona ombori ochilishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihani amalga oshirish doirasida shartnomaning amal qilish muddati va unda belgilangan kafolatlar davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekenergo” AJ va “Taxiyatosh IES” AJ — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsorsium va uning subpudratchi tashkilotlari – doimiy muassasa orqali faoliyat olib boradigan O‘zbekiston Respublikasining norezident yuridik shaxslari to‘laydigan barcha soliqlarni to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy jismoniy shaxslar — loyihani amalga oshirish doirasida olinadigan jismoniy shaxslarning daromadlari solig‘idan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarining mavjud bo‘lmaganligi holatida — olib kelinadigan butlovchi buyumlar va uzellar, xom ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar hamda maxsus transport vositalari majburiy sertifikatlashtirish jarayonlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsorsium va uning subpudratchi tashkilotlari, transport tashkilotlari — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirish yig‘imi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanish yo‘llaridan og‘ir yuk va yirik gabaritli transport vositalarining o‘tishi to‘lovlaridan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, mazkur qarorning 5- va 7-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga bo‘lgan hissasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish ruxsatnomalarini belgilangan tartibda berish (muddatini uzaytirish), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 18-iyundagi PQ-2355-sonli qaroridagi “O‘zbekenergo” DAK” so‘zlari “O‘zbekenergo” AJ va “Taxiyatosh IES” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.I. Axmedxodjayev, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3264-son