12.09.2017 yildagi PQ-3268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi tadbirlarini tobora amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018-yillarda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish taklifi maʼqullansin, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muayyan mehnat turlari bilan shugʻullanish istagi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga ularning oilalarini yetarli darajada taʼminlash imkonini beradigan, tijorat banklarining maxsus Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtiyozli foiz stavkasi boʻyicha quyidagi maqsadlarga mikrokreditlar taqdim etish:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hunarmandchilik faoliyati uchun tikuv mashinalari, gazlamalar va sarflanadigan materiallar, anjomlar, mustaqil shugʻullanishni taʼminlash uchun maishiy texnika, kompyuter va boshqa texnikani, shuningdek turli asboblarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (kichik issiqxonalarni tashkil etish, chorva mollari, parrandalarni sotib olish, qoʻralar va parrandaxonalarni qurish, bogʻdorchilik anjomlari va asbob-uskunalarini sotib olish), turar joylarni taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ogʻir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga quyidagi maqsadlar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joyi boʻlmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi oʻrta hisobda 2 va 5 ta oilaga 2017 va 2018-yillarda arzon uy-joylarni 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga oʻtkazish huquqisiz olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda tegishincha 10 va 25 ta kam taʼminlangan oilaning uy-joylarini 2017 va 2018-yillarda taʼmirlash (tomlarni taʼmirlash, pol qoqish, derazalarni almashtirish va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir kasalliklar mavjud boʻlgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini toʻlash va ularning haqini toʻlashga mablagʻ boʻlmagan taqdirda respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda 6 tagacha kam taʼminlangan oilalarga begʻaraz yordam koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2017-2018-yillarda aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning hududiy manzilli dasturlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror 1-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni jamlash uchun ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlari orqali teng ulushlarda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining sarf-xarajatlari 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018-yilgi hududiy manzilli dasturlarini moliyalashtirish sarf-xarajatlarini qoplash manbalarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Jamoat ishlari jamgʻarmasi tashkil etildi (keyingi oʻrinlarda — Jamoat ishlari jamgʻarmasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xayitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatning barcha mintaqalaridagi, xususan qishloq va olis tumanlardagi band boʻlmagan fuqarolarni aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlarni, irrigatsiya shohobchalarini tozalash, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash, infratuzilmani yaxshilash, yoʻllar va koʻchalarni, uy-joy fondi va tutash hududlardagi obyektlarni taʼmirlash boʻyicha jamoat ishlariga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ishlariga keng jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda jamoat ishlarini tashkil etish tartibi, shuningdek, Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda, band boʻlmagan aholini jalb etish quyidagicha amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning 1-oktabridan boshlab — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bitta tumanida eksperiment sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab esa respublikaning barcha tumanlari va shaharlarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) 2017-yilda jamoat ishlarini tashkil etish va amalga oshirish uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 84 mlrd. soʻm va 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda 714 mlrd. soʻm budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlariga jalb etilayotgan jismoniy shaxslar Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlaridan olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod qilinadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ishlariga jalb etiladigan, Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jismoniy shaxslar mehnatiga toʻlangan haq sifatida olingan daromadlar yagona ijtimoiy toʻlovga tortilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror 1-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan begʻaraz yordam uni oluvchilarda soliqqa tortilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2017-2018-yillarda 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar toʻlash va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish tarzida kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga budjet mablagʻlari koʻpaytirilishini taʼminlasin, ularni oluvchilar kontingentini tegishli ravishda 1,5 va 2 barobar kengaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar toʻlash va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berishni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi ushbu qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 12-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3268-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 988-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)