05.09.2017 yildagi 699-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Jizzax politexnika instituti tarkibida arxitektura va qurilish fakultetini hamda mazkur fakultet tarkibida yuridik shaxs maqomisiz arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasidagi innovatsiyalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga tatbiq etish, mutaxassislarning loyihalash va qurilish yo‘nalishidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash borasidagi kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Jizzax politexnika institutining tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda mashg‘ulotlarni olib borish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilarini, malakali amaliyotchilar hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish arxitektura va qurilish sohasida ish olib boruvchi tashkilotlarning real va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning xodimlariga oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi bilan kelishilgan holda Jizzax politexnika instituti rektori tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning xizmat ko‘rsatish faoliyati yo‘lga qo‘yilgunga qadar uni moliyaviy ta’minotini amalga oshirish Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda o‘qitish uchun to‘lov narxlari amaldagi tariflar asosida o‘qitish va markazni saqlash xarajatlaridan kelib chiqib Jizzax politexnika instituti tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida o‘qitish uchun olingan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar Markazning moliyaviy manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Markazda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili belgilanishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
699-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Institut (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning cheklangan soni — 7 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini
tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini yaratish

1.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil sentyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jizzax politexnika instituti

3.

Xorijiy tajriba va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari �a dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil oktyabr

-

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik
va axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish

4.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davla� arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

5.

Jizzax politexnika instituti rasmiy veb-saytida arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazining veb-sahifasini yaratish, axborot-ta’lim muhitini shakllantirish (shu jumladan, onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish).

2018-yil yanvar

-

Jizzax politexnika instituti

6.

Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini respublikaning davriy ilmiy va xorijiy jurnallari bilan muntazam ta’minlash.

2017-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Jizzax politexnika instituti

7.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Samarqand davlat-arxitektura qurilish instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutidan yetakchi professor-o‘qituvchilarini, sohaning malakali amaliyotchilari hamda xorijiy mutaxassislarini jalb etish.

o‘quv kurslari rejasiga muvofiq

Buyurtmachilar mablag‘lari

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

III. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari
va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash

8.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini Jizzax politexnika instituti hududida joylashtirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ehtiyoj bo‘yicha o‘quv auditoriyalarini ajratish.

2017-yil sentyabr

-

Jizzax politexnika instituti

9.

Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

2017-yil sentyabr-oktyabr

Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lari

Jizzax politexnika instituti

10.

Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibidagi arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini asoslangan buyurtmanomalar bo‘yicha mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash, internet tizimiga ulanishini ta’minlash.

2017-yil oktyabr

Buyurtmachilar mablag‘lari va Jizzax politexnika institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Jizzax politexnika instituti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2014-yil 12-iyundagi 157-son qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 963-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)